Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar, energetika, turizm: Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketidan nimalar o‘rin oldi?
YeI Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini rasman tasdiqladi.
Foto: Getty images
U Rossiyaning energetika sektoridagi daromadlarini cheklash, moliyaviy tiyib turishni kuchaytirish va uchinchi davlatlar orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish ustidan nazoratni oshirishga qaratilgan.
Energetika
YeI Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazi importini taqiqlaydi: qisqa muddatli shartnomalar uchun olti oy ichida, uzoq muddatli shartnomalar uchun 2027 yil yanvardan.
«Rosneft» va «Gazprom neft» bilan kelishuvlarga taqiq kuchaytirildi.
Tataristonning neft sohasida ishlovchi sanoat holdingi sanksiyaga tushdi.
Ilk bor Xitoy kompaniyalari – ikkita neftni qayta ishlash zavodi va Rossiya neftini sotib olayotgan treyderga qarshi sanksiyalar joriy etildi.
«Soyadagi flot» faoliyatini ta’minlayotgan Litasco Middle East DMCC («Lukoyl»ning BAAdagi sho‘’basi)ga cheklov kiritildi.
Ushbu flotning noqonuniy faoliyatiga yordam berayotgan bayroqlar va kemasozlar reyestri bloklandi.
Rossiya nefti, qurol yoki Ukraina bug‘doyini tashiyotgan yana 117ta kemaga (jami 557ta) portlarga kirish va dengiz xizmatlari ko‘rsatish taqiqlandi.
«Soyadagi flot» kemalarini qayta sug‘urtalash taqiqlandi.
Moliya va kriptoaktivlar
YeI sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun kriptovalutadan foydalanish o‘sganini qayd etdi.
A7A5 rublli steyblkoyni ishlab chiqaruvchisi, emitenti va savdo platformasi sanksiyalar ostiga tushdi. YeI hududida ushbu aktiv bilan bog‘liq barcha operatsiyalar taqiqlandi.
Tojikiston, Qirg‘iziston, BAA va Honkongdagi 8ta bank va neftetreyderlarga tranzaksiyaviy taqiq qo‘yildi.
Rossiyaning «Istina», «Zemskiy bank», «Absolyut bank», «Ms bank» va «Alfa-bank» banklari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
Belarus va Qozog‘istondagi to‘rtta bank Rossiya bilan hisob-kitoblarda muqobil tizimlarda ishtirok etgani uchun sanksiya qo‘llanildi.
YeI Rossiyaning «Mir» va «SBP» to‘lov tizimlari bilan hamkorlik qilishni taqiqladi.
Kompaniyalarga Rossiyadagi to‘qqizta alohida iqtisodiy hududlarda faoliyat yuritishga cheklov qo‘yildi.
Diplomatlar va jismoniy shaxslar
Akkreditatsiya qilingan mamlakatidan tashqarida Shengen vizasi bilan safar qiluvchi rossiyalik diplomatlar tegishli davlat organlarini avvaldan xabardor qilishlari shart.
YeI mamlakatlari bunday diplomatlarning kirishlariga alohida ruxsatnoma talab qilishi mumkin.
Shuningdek, Oliy iqtisodiyot maktabi rektori Nikita Anisimov, AvtoVAZ rahbari Maksim Sokolov va Dmitriy Medvedevning yordamchisi Oleg Osipov sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bolalar va gumanitar choralar
YeI «ukrainalik bolalarning Rossiyaga deportatsiya qilinishiga aloqador» 11 nafar shaxsni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
Bo‘lajak sanksiyalar uchun yangi me’yor kiritiladi — bolalarni o‘g‘irlash va majburiy assimilyatsiya uchun.
Harbiy va mudofaa tuzilmalari
Biznesmenlar va Rossiya harbiy sanoat majmuasi kompaniyalari hamda BAA va Xitoydan ikki tomonlama mahsulotlar yetkazib beruvchilar sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi.
Shuningdek, Rossiyaga jo‘natilgan KXDR armiyasi general-leytenanti Chxa Yon Bom ham ro‘yxatga kiritildi.
Savdo va eksport
Rossiya harbiy sanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlayotgan 45ta kompaniyaga qarshi cheklovlar joriy etildi.
Ulardan 17tasi Rossiyadan tashqarida – Xitoyda 12ta, Hindistonda 3ta va Taylandda 2ta.
Eksport taqiqi ostidagi mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi: mikroelektronika, porox uchun ximikatlar, metalllar, oksidlar, rezina mahsulotlari, quvurlar, shinalar, qurilish materiallari.
Neft-kimyo sektori uchun zarur bo‘lgan barcha asiklik uglevodorodlar xaridi va importi taqiqlandi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning yirik oltin qazib oluvchi kompaniyasi «Polyus» hamda Evraz Plc konchilik kompaniyasi qo‘shildi.
Xizmatlar
Rossiya hukumatiga ko‘rsatiladigan har qanday xizmatlar uchun oldindan YeI ruxsatnomasini olish talab qilinadi.
Sun’iy intellekt, yuqori darajadagi hisoblashlar va tijorat kosmik tizimlari sohasida xizmatlar taqdim etish cheklandi.
Yevropa kompaniyalariga Rossiyada turistik xizmatlar ko‘rsatish taqiqlandi.
Belarus
Belarus harbiy-sanoat majmuasining beshta korxonasi va Lukashenko rejimi bilan bog‘liq tuzilmalarga sanksiyalar kiritildi.
Endilikda YeI choralari Rossiyaga qarshi savdo cheklovlari bilan bir xil bo‘ladi.
Dasturiy ta’minot, jumladan, banklar, sun’iy intellekt, kvant hisoblashlari va ma’lumotlar tahlili mahsulotlariga taqiq kengaytirildi.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025