Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo okeanida 170 trillion plastmassa bo‘laklari suzib yuribdi: olimlar qayg‘uli bashorat berdi
Plastik ifloslanish nafaqat okeanda tarqaladi - u daryolar, soylar, ko‘llar va hatto biz nafas oladigan havoda ham mavjud. Zararni kamaytirish uchun olimlar plastmassa ishlab chiqarishni kamaytirish va uning kelib chiqishini yaxshiroq nazorat qilish strategiyalarini taklif qilmoqda.
Foto: Getty images
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir dunyo okeanida 170 trillionga yaqin plastik bo‘laklari suzib yuribdi. Agar insoniyat plastikdan foydalanishni butunlay to‘xtatgan taqdirda ham, allaqachon to‘planib qolgan chiqindilar yo‘q bo‘lib ketishi yoki tubga cho‘kishi uchun bir asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, deydi tadqiqotchilar. Bu haqda Independent yozdi.
Qayd etilishicha, plastik inson va hayvon organizmi uchun o‘ta zararli: uning mikro- va nanozarrachalari arteriyalar, miya va jinsiy a’zolarda topilmoqda. Garchi shifokorlar uning ta’sirini hali ham o‘rganayotgan bo‘lsa-da, u qandli diabet, yurak kasalliklari va ichak faoliyatining buzilishiga ta’sir qilishi allaqachon ma’lum.
Londondagi Qirolicha Mariya universiteti olimlari 23 oktabr kuni The Royal Society nashrida e’lon qilingan yangi hisobotda muammo yaqin orada yo‘qolmaydi, degan xulosaga keldi.
«Odamlar ko‘pincha okeandagi plastik shunchaki cho‘kadi yoki yo‘qoladi deb o‘ylaydi. Ammo bizning modelimiz shuni ko‘rsatadiki, plastmassaning suzuvchi yirik bo‘laklarining aksariyati sirtda asta-sekin parchalanib, o‘nlab yillar davomida kichikroq bo‘laklarga bo‘linadi», deb tushuntirdi universitet tadqiqotchisi doktor Nan Vu. Hatto 100 yildan keyin ham plastmassaning taxminan 10 foizi sirtda qoladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, oxir-oqibat suv tubiga cho‘kadigan plastmassa, ya’ni barcha plastmassaning taxminan 94 foizi, u yerda asrlar davomida saqlanishi mumkin.
«Agar okeanning juda sovuq muhitida uni parchalay oladigan biror narsa paydo bo‘lmasa, u deyarli abadiy qolishi mumkin», dedi Oceana tashkilotining katta ilmiy xodimi Kim Uorner.
Yer yuzasidagi plastik quyosh va to‘lqinlar ta’sirida yemirilsa-da, okean tubiga cho‘kkan plastik ancha sekin parchalanadi. Uning ba’zi turlarida plastikni tabiiy omillar ta’siriga chidamli qiladigan kimyoviy qo‘shimchalar bor, deb xabar berdi AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi.
Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, plastikning to‘planishi okeanlarning tabiiy aylanishini, ya’ni butun sayyora bo‘ylab issiqlik va ozuqa moddalarini tashiydigan chuqurlik va yuza oqimlarining harakatini buzishi mumkin. Biroq, ta’kidlanganidek, bu aynan qanday namoyon bo‘lishi mumkinligini tushunish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.
Plastik ifloslanish nafaqat okeanda tarqaladi - u daryolar, soylar, ko‘llar va hatto biz nafas oladigan havoda ham mavjud. Zararni kamaytirish uchun olimlar plastmassa ishlab chiqarishni kamaytirish va uning kelib chiqishini yaxshiroq nazorat qilish strategiyalarini taklif qilmoqda.
Tadqiqotda ishtirok etgan professor Keyt Spenser natijalar insoniyat tomonidan yaratilgan muammoning davomiyligini tasdiqlayotganini ta’kidladi:
«Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mikroplastiklar bilan ifloslanish ko‘plab avlodlarning muammosidir. Ertaga plastmassa ishlab chiqarishni to‘xtatsak ham, nevaralarimiz baribir okeanlarni bizning faoliyatimiz oqibatlaridan tozalashiga to‘g‘ri keladi».
Mavzuga oid
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
18:09 / 25.11.2025
Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi
17:17 / 25.11.2025
Atmosferaga zarar yetkazayotgan 18 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
15:25 / 25.11.2025