Jahon | 08:50 / 24.10.2025
2796
3 daqiqa o‘qiladi

Putin: Budapeshtdagi Tramp bilan sammit bekor qilinmadi, balki keyinga qoldirildi

Vladimir Putin Donald Tramp Budapeshtdagi uchrashuvini bekor qilinmagan, balki keyinga qoldirgan deb hisoblaydi. Rossiya-AQSh sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak va buning uchun Marko Rubio va Sergey Lavrov uchrashishi lozim, dedi Rossiya prezidenti.

Foto: Sergei Bobylev/TASS/IMAGO

Vladimir Putin Donald Trampning Budapeshtdagi uchrashuvi haqidagi gaplarini sammit bekor qilinmagan, balki keyinga qoldirilgan deb talqin qilmoqda. Kreml veb-saytiga ko‘ra, Rossiya prezidenti bu bayonotni 23 oktyabr, payshanba kuni Moskvada bergan.

«Men bu bayonot bilan tanishman. AQSh prezidenti ushbu uchrashuvni bekor qilishga yoki keyinga qoldirishga qaror qildi. Ehtimol, u uni keyinga qoldirish haqida gapiryapti. Nima deyish mumkin? Dialog har doim har qanday qarama-qarshilikdan, har qanday nizolardan yoki hatto urushdan yaxshiroqdir. Shuning uchun biz har doim davom etayotgan muloqotni qo‘llab-quvvatlaganmiz va buni davom ettirmoqdamiz», deb ta’kidladi Putin.

«Men ham, Amerika prezidenti ham bunga yengil yondashib, bu uchrashuvni kutilgan natijasiz qoldirish xato bo‘lardi», deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti. U Budapeshtdagi sammit AQSh tomonidan taklif qilinganini va ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, davlat kotibi Marko Rubio va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov undan oldin uchrashishi rejalashtirilganini eslatdi.

AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga haqida gapirib, Putin «ular jiddiy va ma’lum oqibatlarga olib kelishini» tan oldi. Shu bilan birga, u bu sanksiyalar Rossiyaning «iqtisodiy farovonligiga» «sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligiga» ishonyapti. «Bu Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinish. Ammo hech bir o‘zini hurmat qiladigan mamlakat yoki o‘zini hurmat qiladigan xalq hech qachon bosim ostida biror narsaga qaror qilmaydi», deb davom etdi Rossiya rahbari.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklovlar «endi tiklana boshlagan Rossiya-Amerika munosabatlarini mustahkamlamaydi». «AQSh ma’muriyati bunday harakatlar bilan Rossiya-Amerika munosabatlariga zarar yetkazmoqda», deb xulosa qildi Rossiya prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid