O‘zbekiston | 16:26 / 27.10.2025
28040
3 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ammo chorshanba kuni harorat pasayib, ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zan qorga aylanishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha asosan iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 29 oktyabrda ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Dushanba kuni havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, rsepublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati bo‘yicha sovuq front o‘tishi hisobiga kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati +23…+28 darajagacha isiydi, shimolda +19…+24 daraja bo‘ladi.

28 oktyabrda sovuq front respublikaning barcha hududlari bo‘yicha o‘tadi, ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati pasayadi va +20…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 712 metr/soniya tezlikda esadi, 27 oktyabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 28 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechalari +8...+13 daraja, kunduz kunlari +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan 3–5 darajaga yuqoridir.

Toshkent shahrida dushanba kuni kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +23…+25 darajani tashkil etadi.

28 oktyabrda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 38 metr/soniya tezlikda esadi, 1012 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +11…+13 daraja, kunduzi +21…+23 daraja bo‘ladi.

2930 oktyabr kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechalari +11…+13 daraja, kunduz kunlari +22…+25 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid