Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har hafta milliondan ortiq odam ChatGPT bilan o‘z joniga qasd qilish haqida suhbatlashadi
TechCrunch nashrining yozishicha, OpenAI kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har hafta ChatGPT foydalanuvchilarining 0,15 foizi o‘z joniga qasd qilishga oid niyat yoki rejalar haqida so‘z yuritadi.
OpenAI bu raqamlarni o‘z tahlili asosida e’lon qilgan. Unga ko‘ra, ChatGPT’dan haftasiga 800 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi, demak, bu holat har hafta milliondan ziëd odam bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya yana bir muhim statistikani taqdim etgan:
- foydalanuvchilarning 0,15 foizi chatbot’ga hissiy jihatdan haddan tashqari bog‘lanib qolganini ko‘rsatgan;
- 0,07 foizida esa psixoz yoki maniya kabi ruhiy buzilish belgilari kuzatilgan.
OpenAI bu holatlarni jiddiy qabul qilganini va sun’iy intellekt bilan muloqot davomida xavfli signallarni aniqlash hamda foydalanuvchini psixologik yordam manbalariga yo‘naltirish tizimi ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil avgust oyida AQShda 16 yoshli o‘smirning o‘z joniga qasd qilganidan so‘ng uning ota-onasi OpenAI va kompaniya rahbari Sem Altman ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan edi. Ular o‘g‘lining o‘limida ChatGPT chatbot’i bilvosita sababchi bo‘lganini da’vo qilgan.
Bu voqea sun’iy intellekt bilan muloqotning inson ruhiyatiga ta’siri haqidagi global bahsni yana jonlantirdi. Mutaxassislar fikricha, bunday texnologiyalar nafaqat yordam berishi, balki ayrim holatlarda insonning hissiy holatini chuqurlashtirishi ham mumkin.
Mavzuga oid
23:02 / 06.06.2026
ChatGPT foydalanuvchilari soni uch yilda bir milliardga yetdi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
23:39 / 18.05.2026
Ilon Mask sudda OpenAI rahbari Sem Altmanga yutqazdi
22:09 / 16.05.2026