Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin AQSh bilan plutoniy utilizatsiyasi bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
Rossiya prezidenti mudofaa maqsadlari uchun endilikda zarur bo‘lmagan plutoniyni utilizatsiya qilishni nazarda tutgan AQSh bilan tuzilgan bitimni denonsatsiya - bir tomonlama bekor qildi. Ushbu kelishuv doirasida tomonlar 34 tonnagacha plutoniyni utilizatsiya qilishga majbur bo‘lgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Vashington har biri 34 tonnagacha mudofaa ehtiyojlari uchun zarur bo‘lmagan plutoniyni utilizatsiya qilishga tegishli bo‘lgan kelishuvni denonsatsiya qildi. Mos hujjat dushanba, 27 oktyabr kuni rasmiy huquqiy axborot internet-portalida e’lon qilindi.
Kelishuvni denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun RF Davlat dumasi tomonidan 8 oktyabrda qabul qilingan, Federatsiya kengashi tomonidan esa 2025 yil 22 oktyabrda ma’qullangan. Kelishuv bilan birga unga doir barcha qo‘shimcha protokollar amal qilishdan to‘xtatiladi.
Rossiya va AQSh hukumatlari o‘rtasida plutoniyni utilizatsiya qilish bo‘yicha kelishuv 2000 yilda imzolangan va 2011 yilda Moskva tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur moddani AES uchun yonilg‘i sifatida qo‘llash orqali qayta ishlash 2018 yilda boshlanishi kutilgan edi, ammo Rossiya tomoni 2016 yilda AQShni majburiyatlarni buzganlikda ayblab, kelishuv amalini to‘xtatgan. Bunga Vashingtonning plutoniy chiqindilarini yerga ko‘mish qarori, ya’ni uni AES yonilg‘isi komponenti sifatida ishlatmaslik niyati sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, Kreml o‘z qarorini «AQShning RFga nisbatan dushman harakatlari natijasida strategik barqarorlikka tahdid yuzaga kelishi» bilan izohlagan. Oq uydan o‘sha paytda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish, ular keltirgan zararni qoplash va 2000 yil 1 sentabrdan keyin NATOga qo‘shilgan davlatlardagi harbiy mavjudlikni qisqartirish talab qilingan.
Qurol-yarog‘ xususiyatidagi plutoniy yadroviy qurol yaratish uchun mo‘ljallangan moddadir.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026