Jahon | 23:10 / 31.10.2025
5687
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini yetkazib berishni ma’qulladi – CNN

Endi ta’minotni boshlash bo‘yicha yakuniy qarorni AQSh prezidenti Donald Tramp tasdiqlashi kerak.

Foto: Reuters

Pentagon AQSh prezidenti ma’muriyatini Ukrainaga uzoq masofaga zarba berishga qodir Tomahawk raketalarining yetkazilishi Amerika arsenallariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi haqida xabardor qildi, deb yozdi CNN vaziyatdan xabardor bo‘lgan uch nafar amerikalik va yevropalik amaldorga tayanib. Ta’minotni boshlash bo‘yicha yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Trampda qoladi.

Pentagondan Tomahawk haqidagi ma’lumotlar Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvdan biroz oldin kelib tushgan. Bu xabar Yevropa ittifoqchilarini ruhlantirgan, ular Qo‘shma Shtatlar endi raketalarni yetkazib bermaslik uchun kamroq bahonalarga ega deb hisoblamoqda, dedi CNN nashriga ikki yevropalik amaldor.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Pentagon Ukraina armiyasi Tomahawk raketalarini qanday joylashtirishi va uchirishi bo‘yicha qaror qabul qilmoqda. Ko‘pincha ular kemalar yoki suvosti kemalaridan uchiriladi, ammo Ukraina harbiy floti abgor ahvolda.

CNN nashrining yozishicha, AQSh dengiz piyodalari korpusi raketalarni quruqlikdan uchirish uskunalarini ishlab chiqqan va ular Ukrainaga berilishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid