Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Ukrainada qish oldidan vaziyat RF hujumlari sabab og‘ir
BMT ko‘ra, Rossiyaning tinmay davom etayotgan ommaviy zarbalari Ukrainada elektr ta’minoti, suv ta’minoti va isitish tizimlarining bir qismini ishdan chiqardi. Qish yaqinlashayotgan bir paytda jabr ko‘rgan hududlarga shoshilinch yordam zarur, dedi 31 oktyabr kuni Jyenevada BMTning Ukraina bo‘yicha favqulodda yordam koordinadori Mattias Shmale.
Xususan, u aholisi 40 ming kishi bo‘lgan Sumi viloyatining Shostka shahridagi vaziyatga ishora qildi: Rossiya zarbalari ortidan shahar deyarli butun oktyabr oyi davomida elektrsiz qolgan.
Shmalega ko‘ra, joriy yilda BMT va uning hamkor tashkilotlari Ukrainada taxminan 4 million aholiga yordam ko‘rsatgan, biroq 2025 yilda Ukrainaga kerakli gumanitar yordamni ta’minlash uchun zarur mablag‘ning yarmidan ko‘prog‘i hali yo‘q. Donorlar bu yil hozirgacha bor-yo‘g‘i 1,15 mlrd AQSh dollari ajratgan — bu Ukraina gumanitar ehtiyojlarining umumiy smetasining atigi 44 foizi, deyiladi bayonotda.
Oktyabr boshida Rossiya dronlari Sumi viloyatining Shostka shahridagi temiryo‘l vokzaliga hujum qildi, zarba ostida yo‘lovchi poyezdi ham qoldi — bir necha o‘nlab kishi jarohatlandi. Prezident Volodimir Zelenskiy ham o‘nlab jabrlanuvchilar borligini aytdi. Shu kuni «Sumioblenergo» kompaniyasi ma’lum qilishicha, Rossiyaning Sumi viloyatidagi muhim ahamiyatga ega infratuzilmaga bergan zarbalari tufayli Shostka shahri va Shostka tumanining bir qismi elektr ta’minotisiz qolgan.
Mavzuga oid
17:15
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50