Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirol Charlz III o‘z dafn marosimi rejasini tuzdi
Monarx shahzoda Uilyam bilan marosim tafsilotlarini hali muhokama qilmagan, biroq taxt vorisi davlat boshqaruvida yetakchi rolni o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Foto: Getty images
Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga qarshi kurash fonida o‘z dafn marosimi rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda RadarOnline nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, monarx shahzoda Uilyam bilan marosim tafsilotlarini hali muhokama qilmagan, biroq taxt vorisi davlat boshqaruvida yetakchi rolni o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Qirolning sog‘lig‘i yomonlashgani shahzoda Harri bilan sentabr oyida - 19 oy ichida birinchi marta uchrashishiga sabab bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, Charlz III kenja o‘g‘lini xayrlashuv marosimida ko‘rish istagini bildirgan.
Qirol dafn marosimini qirolicha Yelizaveta II bilan vidolashuv marosimi kabi keng ko‘lamda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbirga yuzlab siyosatchilar, ma’naviy yetakchilar va oilaning do‘stlari taklif etiladi. Ammo taklif etilganlar ro‘yxatida sobiq shahzoda Endryu va uning sobiq rafiqasi Sara Fergyuson bo‘lmaydi.
Oktabr oyi o‘rtalarida Charlz III shahzoda Uilyam bilan birga Londonda bo‘lib o‘tgan COP30 iqlim sammitida ishtirok etdi. Ommaviy axborot vositalari monarxning sezilarli darajada zaiflashganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
20:11 / 21.11.2025
Dafn etish ishlari bo‘yicha elektron xizmatlar joriy qilinadi
13:35 / 20.11.2025
Britaniya Rossiya kemasini lazer qo‘llashda aybladi
09:02 / 19.11.2025