Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: YeI rossiyaliklarga ko‘p martalik vizalar berishni deyarli to‘xtatadi
Yevropa Ittifoqi (YeI) shu haftaning o‘zida rossiyaliklarga ko‘p martalik shengen vizalarini berishni taqiqlashni rejalashtirayotgani haqida Politico yozdi. Istisnolar gumanitar sabablar bilan keluvchilar va YeI fuqaroligiga ega shaxslar uchun amal qiladi.
Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolariga ko‘p martalik shengen vizalarini berishni taqiqlash haqidagi qarorni shu haftada joriy etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi 5 noyabr kuni Politico nashri uch nafar yevropalik amaldorga tayanib.
Agar qaror qabul qilinsa, rossiyaliklar faqat bir martalik vizalarni olishi mumkin bo‘ladi. Istisnolar gumanitar sabablar bilan Yevropaga kelmoqchi bo‘lganlar hamda YeI mamlakatlaridan biri fuqaroligiga ega bo‘lganlar uchun qo‘llanadi.
Nashr ta’kidlashicha, bu chora Ukrainada davom etayotgan urush uchun “to‘lov” sifatida joriy etilmoqda. Shu bilan birga, Politico yozishicha, vizalar bo‘yicha qarorlar har bir mamlakat davlat idoralari vakolatiga kiradi, shu sabab YeI qoidalarni kuchaytirishi mumkin, ammo ularni to‘liq taqiqlash vakolatiga ega emas.
2022 yil sentabr oyida, Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan bir necha oy o‘tib, Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan soddalashtirilgan vizaviy tartibni to‘xtatgan edi. Natijada vizaviy to‘lov 35 yevrodan 90 yevroga oshdi, arizalar ko‘proq vaqtda ko‘rib chiqila boshlandi. Ayrim Yevropa mamlakatlari, jumladan Polsha, Latviya, Litva, Estoniya va Chexiya rossiyalik fuqarolarga turistik vizalar berilishini butunlay to‘xtatdi.
Ushbu cheklovlar va boshqa sanksiyalar YeIga tashrif buyuruvchi rossiyaliklar sonini bir necha barobarga qisqartirdi. 2024 yilda ittifoq mamlakatlariga taxminan 541 ming rossiyalik bordi, 2023 yilda — 517 ming, 2021 yilda, urushgacha — 4 milliondan ortiq. 2024 yilda rossiyaliklarga eng ko‘p shengen vizalarini YeIning janubiy mamlakatlari berdi: Italiya (152 mingdan ortiq viza), Fransiya (124 ming), Ispaniya (111 ming) va Gretsiya (deyarli 60 ming). Politico’ning yozishicha, Vengriya ham peshqadamlar sirasiga kiradi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026