Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxiri havo nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda
Sovuq havo massasi O‘zbekiston hududidan asta-sekin chekinmoqda. Havo harorati dam olish kunlari kunduzi +14…+17 darajagacha, mamlakat janubida esa +18…+20 darajagacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz
Kelayotgan kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi, deb xabar qildi O‘zgidromet. Harorat asta-sekin ko‘tariladi.
Juma kuni kunduzi havo +10…+12, yakshanba kuni esa +14…+17, janubda esa +18…+20 darajagacha isiydi.
Kechalari ham havo harorati nisbatan balandroq bo‘ladi, hududning katta qismida u musbat darajani ko‘rsatadi. Kechasi va ertalabki kuchsiz sovuqlar asosan respublikaning shimolida va cho‘l zonasida saqlanib turadi.
Toshkent shahrida juma va dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchsiz bo‘ladi.
Havo harorati 7 noyabrda +10…+12 daraja, 8–9 noyabr kunlari +14…+16 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi +1…+3 daraja iliq harorat kuzatiladi.
Mavzuga oid
23:10 / 15.05.2026
Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi
12:01 / 08.05.2026
Hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
18:46 / 07.05.2026