Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyaga qarshi 20-paket sanksiyalarni tayyorlashga kirishdi
Litva moliya vaziri Kristupas Vaytekunas va Yevropa komissari Mariya Luis Albukerke yangi cheklov choralarini muhokama qildi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga ham, Belarusga ham bosimni kuchaytirish zarurligini bildirmoqda.
Foto: REUTERS
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarshi Rossiyaning tajovuzkor urushi sabab yangi — 20-paket sanksiyalarni tayyorlashga kirishdi. Bu masala Litva moliya vaziri Kristupas Vaytekunas va Yevropa Komissiyasining moliyaviy xizmatlar hamda Jamg‘arma-investitsiya ittifoqi bo‘yicha komissari Mariya Luis Albukerke tomonidan muhokama qilindi.
Vaytekunasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi faqat Rossiyaga emas, balki “muntazam gibrid hujumlar”ni inobatga olgan holda Belarusga ham bosimni davom ettirishi kerak. «Oktyabr oxirida YeI darajasida navbatdagi — 19-paket sanksiyalar kelishilganidan mamnunmiz, biroq, ayniqsa, Rossiyaning energetika va moliya sektorlariga nisbatan keyingi bosimni kuchaytirish zarur. Shu bois keyingi sanksiyalar paketini jiddiy muhokama qilishni boshlashimiz lozim», — dedi Litva vaziri.
Vaytekunas ta’kidlashicha, YeI Belarusga nisbatan choralarni kuchaytirishi, «ularni Rossiyaga nisbatan amal qilayotgan cheklovlarga moslashtirib, qo‘shimcha taqiqlar joriy etishi» kerak. Albukerkening aytishicha, Minskka nisbatan yangi choralar tayyorgarlik jarayoni hozircha dastlabki bosqichda.
«Biz uchinchi davlatlar bilan ishlayapmiz, chunki ular orasida sanksiyalarni aylanib o‘tishga ko‘maklashayotganlari bor», — dedi Yevropa komissari.
So‘nggi, 19-paket sanksiyalarni Yevropa Ittifoqi 23 oktyabrda ma’qullagan edi. Unga 2027 yildan suyultirilgan tabiiy gazni import qilishni taqiqlash, «soya» flotiga mansub deb hisoblanadigan 117 ta kemaga nisbatan cheklovlar, shuningdek, YeI hududi bo‘ylab rossiyalik diplomatlarning harakatiga qo‘yilgan cheklovlar kiritilgan.
Moskva g‘arb sanksiyalarini noqonuniy deb ataydi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyoti «juda ko‘p cheklovlar sharoitida ishlayapti» va ularga nisbatan «ma’lum darajada immunitet» hosil qilgan.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025