Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko mobil telefonsiz qanday yashash mumkinligini aytdi
Belarus rahbari shahar telefonidan foydalanish afzal ekanini tushuntirdi.
Foto: Getty images
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Belarusni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishda mobil telefonlarga bo‘lgan munosabati haqida gapirib, fuqarolarni gadjetlarga kamroq qaram bo‘lishga chaqirdi.
«Shu telefonlar uchun shunchalik qayg‘uryapmizmi? Yaxshisi, ularni o‘zingiz bilan olib yurmang. Ishlatmang. Ming marta aytganman. Menda mobil telefon yo‘q, lekin men yashayapman!», dedi u.
Shuningdek, Lukashenko shahar telefonidan foydalanishning afzalliklarini tushuntirdi. Uning fikricha, mobil aloqa xufyona tinglovdan himoyalanmagan, shuning uchun oddiy statsionar telefondan butunlay voz kechmaslik kerak, ayniqsa amaldorlar.
«AQSh yoki Kanada serverlarida suhbatingiz bo‘lmaydi», dedi u.
Prezident raqamlashtirish har doim ham xavfsiz emasligini ta’kidladi.
«Hamma narsani raqamlashtirishga hojat yo‘q, ba’zi ma’lumotlarni qog‘ozda saqlagan ma’qul. Bunda odamlar shaxsiy ma’lumotlar haqida haddan tashqari qayg‘urishiga hojat qolmaydi», dedi u.
Ma’lumot uchun, davlat rahbarlarining mobil telefonlardan foydalanishi kamdan-kam hollarda tasdiqlangan. Odatda ular gadjetlardan foydalanmaydi yoki davlat kriptotarmoqlari va shifrlangan aloqa kanallariga ulangan maxsus, o‘ta himoyalangan qurilmalarni ishlatadi.
Oddiy messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va ilovalar ular uchun taqiq ostida, chunki ularni xufyona tinglash yoki buzish xavfi juda yuqori. Ijtimoiy tarmoqlarni prezidentning o‘zi emas, matbuot xizmati yuritadi.
Mavzuga oid
14:58 / 02.12.2025
YeI Litvaga qarshi gibrid hujumlar sabab Belarusga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
14:47 / 02.12.2025
Wise Rossiya va Belarus fuqarolarining kartalarini YeI sanksiyalari asosida blokladi
12:33 / 01.12.2025
Vilnyus aeroporti havo sharlari sabab navbatdagi bor yopildi
21:24 / 27.11.2025