Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida E-Gate tizimi ishga tushirildi
Bunda yo‘lovchilar shunchaki biometrik pasportini ma’lumot tekshiruvchi skanerga qo‘yadi va identifikatsiya qilish (Face ID) protsedurasidan o‘tadi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida avtomatlashtirilgan E-Gate pasport nazorati tizimi ishga tushirildi.
Yangi o‘tish joylari O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan sakkizta elektron yo‘lak bilan jihozlangan.
Yo‘lovchilar shunchaki biometrik pasportini ma’lumot tekshiruvchi skanerga qo‘yadi va identifikatsiya qilish (Face ID) protsedurasidan o‘tadi. Shaxsi tasdiqlangandan so‘ng, turniket avtomatik ravishda ochiladi. Butun jarayon taxminan 15-20 soniya davom etadi.
E-Gate tizimi birinchi marta 2023 yilda Toshkent aeroportida xalqaro terminalning jo‘nash zalida joriy etilgan edi. Ushbu yangi tizim yordamida poytaxt aeroportidagi avtomatlashtirilgan yo‘laklarning umumiy soni 20 taga yetdi.
Ta’kidlanishicha, E-Gate texnologiyasining joriy etilishi pasport nazorati vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, nazorat punktlarining o‘tkazuvchanligini oshiradi va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026