Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya hukumati Telegram asoschisi Durovga qo‘yilgan cheklovlarni butunlay olib tashladi
Ta’kidlanishicha, Pavel Durov ilgari sud nazoratiga a’lo darajada rioya qilgan va cheklovlarning olib tashlanishi shu bilan bog‘liq.
Fransiya hukumati Telegram asoschisi Pavel Durovning harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlarni butunlay bekor qildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qaror 10 noyabrdan kuchga kirgan. U mamlakatdan chiqishni taqiqlashni ham, politsiyada muntazam ravishda qayd etib turish talabini ham bekor qiladi. Endi Durov sud organlarini oldindan xabardor qilmasdan Fransiya hududini erkin tark etishi mumkin.
AFP manbasiga ko‘ra, Durov ilgari sud nazoratiga a’lo darajada rioya qilgan va cheklovlarning olib tashlanishi shu bilan bog‘liq.
Chet elga chiqish taqiqi Fransiya tergov organlari Telegram platformasiga nisbatan olib borgan tergov bilan bog‘liq edi. Tergov platforma asoschisini noqonuniy kontent tarqatish, jinoiy faoliyatni muvofiqlashtirish va moderatsiya talablarini buzganlikda gumonlamoqda. Tergov hamon davom etyapti.
Ushbu ish doirasida Durovga Fransiyani tark etishni taqiqlash va politsiyaga majburiy ravishda kelish bo‘yicha sud nazorati tayinlangan edi. 2025 yil yozida choralar qisman yumshatildi, qisqa muddatli sayohatlarga ruxsat berildi, ammo to‘liq harakatlanish erkinligi cheklanganligicha qoldi. Endi, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, barcha cheklovlar butunlay olib tashlandi.
Durov vakillari yoki Fransiya rasmiylari vaziyatga hozircha rasmiy izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026