Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pulga to‘ymaysanlar». Amazoniya tub aholisi vakillari iqlim sammitiga bostirib kirishdi
Ular mintaqadagi o‘rmonlar kesilishi, yer va tabiiy resurslar sotib yuborilishiga qarshi norozilik bildirishgan.
Foto: Anderson Coelho / Reuters / Scanpix / LETA
Braziliyaning Belen shahrida BMTning Xalqaro iqlim konferensiyasi (COP30) o‘tkazilayotgan joyga tub aholi vakillaridan iborat namoyishchilar guruhi bostirib kirdi.
Ular mahalliy tub aholi vakillari uchun xos bo‘lgan bosh kiyim va liboslarda edi.
Indígenas irrumpen en sede de la Cumbre Climática #COP30
— Político Latam (@Politico_latam) November 12, 2025
Durante el segundo día de actividades de la COP30, un amplio número de indígenas principalmente de pueblos originarios amazónicos como Munduruku y Kayapó, forzaron la entrada de la Zona Azul, una zona restringida para… pic.twitter.com/Q64X3YWsj
Qo‘riqchilar to‘sig‘ini buzib o‘tib, sammit o‘tayotgan hududga kirib kelgan o‘nlab namoyishchilar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va o‘rmonlarni kesishdan himoya qilish choralarini ko‘rishni talab qilgan.
«Pulga to‘ymaysanlar», – degan tupinamba qabilasidan bo‘lgan Gilmar. «Biz yerlarimiz agrobiznes, neft qazib olish, noqonuniy konlar va daraxt kesilishidan xoli bo‘lishini istaymiz», – deya izohlagan u talab mohiyatini.
Namoyishchilarning ayrimlari «Yerlarimiz sotilmaydi» deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib olishgandi.
Namoyishchilar bilan to‘qnashuvda ikki nafar qo‘riqchi jarohatlangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ulardan birini nogironlar aravachasida olib ketishgan. Yana biri Reuters’ga boshiga olomon orasidan otilgan og‘ir nog‘ora tayog‘i tegishi oqibatida jarohatlanganini aytgan.
BMT vakili bayonotida namoyishchilar guruhi COP’ning asosiy kirish qismidagi to‘siqlarni buzib o‘tgani, natijada xavfsizlik xizmatining ikki xodimi «yengil jarohat olgani» ma’lum qilingan. Mahalliy rasmiylar va BMT vakillari tergov olib bormoqda. Hudud to‘liq xavfsizligi, sammit doirasidagi muzokaralar davom etayotgani qo‘shimcha qilingan.
COP30 iqlim sammitida qariyb 200 mamlakatlardan delegatlar qatnashmoqda, ular orasida butun dunyodan yuqori martabali siyosatchilar ham bor. Sammitga mezbonlik qilayotgan Belem shahri o‘nlab qabilalar yashovchi Amazoniya tropik o‘rmonlari chekkasida joylashgan. Bu xalqlarning ko‘pchiligi iqlim o‘zgarishi va daraxtlar kesilishi tufayli atrof-muhitga zarar yetkazilayotganidan norozi.
Sammit boshlanishidan oldin ham u Amazonka deltasining tub aholisi sammiti deb nomlangandi, chunki braziliyalik tashkilotchilar ularning hayotiy manfaatlarini muzokaralarning asosiy mavzusiga aylantirishga va’da berishdi.
Sammitning eng muhim mavzularidan biri global isish bo‘lishi kutilgan edi. Sammitni ocharkan, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva dunyo iqlim skeptizmida «ustun kelishi» va «ilmiy dalillarni rad etib», iqlim o‘zgarishi hamda global isish realligini shubha ostiga qo‘yadigan soxta xabarlarga qarshi kurashishi kerakligini ta’kidladi.
Ammo dunyoning ko‘plab yetakchilari, jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy rahbari Si Jinping va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bu sammitni inkor qilgandi.
Tramp, umuman olganda, global isishning realligini rad etadi. 2025 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida u buni «dunyo tarixida kuzatilgan eng katta firibgarlik» deb atagandi. Uning AQSh prezidenti lavozimidagi dastlabki harakatlaridan biri mamlakatlarning o‘rtacha global haroratning Tselsiy bo‘yicha 1,5 darajaga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi Parij kelishuvidan chiqishi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:41 / 22.11.2025
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru hibsga olindi
11:57 / 30.10.2025
Riodagi qonli reyd: qurbonlar soni 130 kishidan oshdi
10:11 / 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi operatsiya: deyarli 120 kishi halok bo‘ldi
16:12 / 29.10.2025