Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama sheriklikning barcha yo‘nalishlaridagi yuqori sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi o‘sib bormoqda, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol bosqichda.

Yangi tashabbuslarni, jumladan, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar doirasida ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026