Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoni do‘stlik mintaqasiga aylantirishda prezident Mirziyoyevning o‘rni katta – To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama munosabatlar tarixida hozirgacha kuzatilmagan darajadagi yuksak ko‘tarilish va Markaziy Osiyoni do‘stlik hamda hamkorlik mintaqasi sifatida tanilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlari bespretsedent darajada yuksak pog‘onaga ko‘tarilgani, shuningdek, Markaziy Osiyo butun dunyo miqyosida do‘stlik va hamkorlik mintaqasi sifatida tanilganida katta ulush O‘zbekiston rahbariga tegishli.
Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek xalqi tomonidan e’tirof etilgan yetakchi, xalqaro maydonda katta nufuzga ega bo‘lgan, Yangi O‘zbekistonni barpo etgan yirik davlat arbobi sifatida ta’rifladi.
To‘qayevning ta’kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy va samarali rahbarligi tufayli O‘zbekiston ko‘plab sohalarda hayratomuz natijalarga erishgan, butun dunyoda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlat sifatida tanilib bormoqda.
Mavzuga oid
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
10:18 / 25.05.2026
“Klassik kolonializm” – Rossiya nega MDHdagi tarix darsliklarini o‘zgartirmoqchi?
21:18 / 19.05.2026