O‘zbekiston | 21:35 / 15.11.2025
3992
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti 16-17 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibiga O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika, madaniy va gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari kiritilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedov 16-17 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, oliy darajadagi muzokaralar kun tartibiga O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika, madaniy va gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari kiritilgan.

Tashrif doirasida davlat rahbarlari "Shovot-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasining ochilish marosimida ishtirok etishadi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari xalqaro hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi va ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.

Turkmaniston prezidenti, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid