Gazlaşmagan hududlarda sovuq kunlarga tayyorgarlik avjida. Ötinfuruşlar qurib qolgan yoki “qarigan” boğlarni yoz faslidayoq sotib olib, daraxtidan ötin hozirlab qöygan. Aholi esa ötin va kömir ğamlaş taraddudida. Kun.uz muxbiri Quva tumanida bölib, ötin va kömir bozoridan reportaj tayyorladi.
Bozorda ötin narxi daraxt turiga qarab xar xil: örik qimmatroq, kaliforniya teragi qoldiq ötini esa eng arzoni.
Quva tumanida bir Labo maşinasidagi ötin holatiga, turiga qarab 700 ming sömgaça sotilayotgan ekan. 1 kg kömir esa 2 ming sömgaça sotilmoqda.
Sotuvçilarni suhbatga tortdik. Ularning aytişiça, savdo oyning birinçi 10 kunligida yaxşiroq böladi – aholi oyligi va pensiyasiga ötin oladi.


Yozda ZIL minib, qişda ötin sotaman...
“Kunlar sovib ketganda uyni kömirning özi isita olmaydi. Öşa paytda peçkaga ötin solib qöysangiz, kömirga aralaşib uyni tez isitadi. Ana şuning uçun ham odamlar ötin sotib olişadi. Yoşi uluğ odamlar bor, köpçilikning allergiyasi bor kömirga. Kasali bor odamlar ötin yoqadi. Ötin uyni tez isitadi. Misol uçun, uç bölak ötin solib qöysangiz, uç-tört soat isitib turadi bitta uyni.

Örik ötinlar peçkada köproq turadi. Masalan, özim uyda ötin yoqaman. Keçqurun soat önlarda 4 bölak örik ötin solib qöyaman. Ertalab soat oltigaça çöği turadi. Bizda ötin serob bölgani uçun, kömir yoqmaymiz. Ötin barakali, yonişi yaxşi, uyni tez isitadi.
Qurib qolgan, qarib ketgan, meva bermay qöygan boğlar bor. Şularni dehqonlardan sotib olamiz. Daraxtini kesib kelib, qişga tayyorlab qöyamiz. Gilos daraxti ham 20-30 yilda qurişni boşlaydi. Boşlangandan keyin dehqonlar kesişga tuşadi. Dehqonning özining vaqti yöq uni borib kesgani. Biz ötinçilar ikkita-uçta arraçi olib borib kestirib, tayyorlab, uyga olib kelib, yorib, tayyor mahsulot qilib bozorga olib çiqamiz. Sotib olgan odam qiynalmaydi.











