Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda shaxsini tasdiqlovchi beshta hujjat bilan yurgan o‘zbekistonlik haydovchi ushlandi
AQSh–Meksika chegarasida joylashgan Yuma sektori Chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Arizona shtatida yo‘l-transport hodisasidan so‘ng 29 yoshli o‘zbekistonlik yuk avtomobili haydovchisi qo‘lga olindi. Uning yonidan Nyu-York va Ohayo shtatlarida berilgan, shaxsni tasdiqlovchi beshta turli hujjat aniqlangan.
Yuma sektori Chegara xizmati bosh inspektori o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi xabarida ma’lum qilishicha, Blythe Station xodimlari Arizona shtatidagi Kuartzayt shahri yaqinida I–10 avtomagistralida yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng 29 yoshli o‘zbekistonlik yuk haydovchisini qo‘lga olgan.
Xabarda aytilishicha, haydovchida jami beshta shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan — ularning ikkitasi Nyu-York, uchtasi esa Ohayo shtatida rasmiylashtirilgan. Mazkur hujjatlar turli shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.
Chegara xizmatiga ko‘ra, mazkur shaxs 2023 yil aprel oyida AQSh hududiga qonuniy ruxsatsiz kirib kelgan. Joriy yil iyul oyida immigratsiya sudyasi tomonidan uni mamlakatdan chiqarib yuborish (deportatsiya) to‘g‘risida qaror qabul qilingan, biroq u ushbu qarorga bo‘ysunmagan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, haydovchi immigratsiya qoidalarini buzgan shaxs (alien inadmissibility) sifatida qo‘lga olingan bo‘lib, uni yana deportatsiya tartibida qayta rasmiylashtirish rejalashtirilmoqda.
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan yarim pritsepli yuk avtomobili va tirkama mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan evakuator orqali olib ketilgani ham ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, Yuma sektori — AQSh Chegara xizmatining (U.S. Border Patrol) hududiy bo‘limi. Arizona shtatidagi Yuma shahri atrofi va unga tutash hududlar, shu jumladan Meksika bilan chegaraning bir qismi uchun mas’ul sektor. U noqonuniy chegaradan o‘tishlar, kontrabanda, odam savdosi kabi holatlarni aniqlash va oldini olish, chegara xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38