Jahon | 22:33 / 21.11.2025
6268
2 daqiqa o‘qiladi

Bozor qiymati 1 trillion dollardan oshgan ilk farmatsevtika kompaniyasi ma’lum bo‘ldi

Vazn yo‘qotish uchun mo‘ljallangan dorisi bilan mashhur Eli Lilly birinchi bo‘lib bu marradan o‘tdi.

Foto: Bloomberg

Amerikaning Eli Lilly kompaniyasi dunyodagi farmatsevtika kompaniyalari orasida birinchi bo‘lib 1 trillion dollarlik bozor qiymatidan oshib ketdi. U vazn yo‘qotish uchun mo‘ljallangan dorisi bilan mashhur.

Lilly aksiyalari narxi 21 noyabrdagi savdolarda 1,7 foizga ko‘tarildi. Yil boshidan buyon uning kapitallashuvi 36 foizga, 2024 yilda esa 32 foizga oshdi. U 2023 yilda dunyodagi eng qimmat farmatsevtika kompaniyasiga aylangan edi.

Oktabr oyi oxirida Eli Lilly uchinchi chorak uchun hisobotni e’lon qildi, unda sof foydaning 5,8 baravar va daromadning bir yarim baravar o‘sishi aks ettirilgan.

Kompaniyaning eng mashhur dorilaridan biri vazn yo‘qotish uchun ishlatiladigan Zepbound hisoblanadi. May oyida klinik sinovlar shuni tasdiqladiki, uni qo‘llash bemorlarga qorin bo‘shlig‘idagi yog‘larni raqib Novo Nordisk kompaniyasining Wegovy dorisidan samaraliroq kamaytirish imkonini beradi.

Kapitallashuvi darajasi bo‘yicha dunyoning eng yirik boshqa farmatsevtika kompaniyalari: Johnson & Johnson (AQSh) $490-500 mlrd., AbbVie Inc. (AQSh) $415 mlrd., Novo Nordisk (Daniya) $200-300 mlrd.

Mavzuga oid