Özbekistonda joriy yil 1 mart va 1 iyul sanalaridan boşlab qariyb 4,5 mingta dori vositasi uçun ruxsat etilgan maksimal çakana narxlar pasaytirildi. Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi bir neçta dorixonalarda bölib, referent narxlarga amal qiliş holatini örgandi.
Ma’lum bölişiça, tartibga rioya etayotgan dorixonalar bilan birga, bir qator holatlarda ruxsat etilganidan biroz yoki sezilarli yuqori narxlar ham uçrab turibdi.
Masalan, referent narxi 36 ming söm bölgan “Baktoks 125 mg” dori vositasini bir dorixona 35 ming sömdan, ikkinçisi 45 ming sömdan sotayotganiga guvohi böldik. Ya’ni ikkinçi dorixona bu dorini ruxsat etilganidan qariyb 9 ming sömga qimmat sotyapti.
Xuddi şunday holatni “No-şpa” misolida ham köriş mumkin. Bir dorixona uni referent narxga teng qiymatda (142 499 söm), ikkinçisi esa undan 7500 sömga qimmat sotmoqda.
Suriştiruv uçun tanlab olingan dorilar qisqa röyxatidagi “Tivortin” biz kirgan uçala dorixonada ham referent narxdan sezilarli qimmat sotilayotganiga guvoh böldik.

Referent narxlar pasayişi
Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligiga köra, 2025 yil 5 dekabrda 2 mingga yaqin retsept asosida beriladigan dori vositalarining narxlari tuşirilgan bölib, bu tartib joriy yil 1 mart sanasidan amal qilişni boşlagan.
Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligining 3537-sonli nizomiga muvofiq, yana 2,5 mingta dori vositasining çeklangan narxlari arzonlaştirilgan va bu narxlar dorixonalar uçun 1 iyul sanasidan boşlab kuçga kirgan.
Umumiy hisobda 2026 yilda 4,5 mingga yaqin retsept asosida beriladigan dori vositalarining narxlari qayta körib çiqilib, pasaytirilgan va yil yakuniga qadar uşbu körsatkiçni 6 mingtagaça yetkaziş közda tutilgan.
Agentlik boş mutaxassisi Uluğbek Ğaniyevning aytişiça, hozirgi kunda PharmUz mobil ilovasi işga tuşirilgan bölib, unda maxsus QR-kodni skanerlaş funksiyasi mavjud. Dori vositalaridagi raqamli markirovka kodini ilova orqali skanerlaganda, mahsulotning işlab çiqaruvçisi va xalqaro patentlanmagan nomi bilan bir qatorda, uning belgilangan çeklangan referent narxi ham aks etadi.
















