Özbekistonda islomiy moliya töğrisidagi uzoq kutilgan qonun parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilindi. Bu muhim qadam mamlakat moliya tizimida yangi sahifa oçib, mavjud an’anaviy banklar va bölajak moliya institutlariga islomiy bank xizmatlarini taklif etiş imkoniyatini yaratadi. Kun.uz muxbiri qonunning mohiyati yuzasidan Islom moliyasi böyiça mutaxassis Iskandar Tursunov bilan suhbatlaşdi.

Ş.Şaripov: Uzoq kutilgan qonun loyihasi quyi palataning tasdiğidan ötdi. Nima sodir böldi? Bu qonunning mohiyati nimada?

I.Tursunov: Bu Özbekistonda islomiy bank faoliyatini yuritiş uçun huquqiy asos. Ya’ni bu huquqiy asosning yaratilişi Özbekistonda mavjud bölgan an’anaviy banklarga yoki kelgusida paydo böladigan banklarga islomiy bank xizmatlarini körsatiş uçun imkoniyat.

Ş.Şaripov: Birinçi qadam, demak, taşlandi?

I.Tursunov: Birinçi qadam taşlandi. Hozir şu qonun loyihasi agar Senat tomonidan körib çiqilib, ma’qullansa, keyin davlatimiz rahbari, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangandan söng kuçga kiradi. Tabiiyki, qonun kuçga kirgandan keyin qonunosti hujjatlar bor hali. Ular Markaziy bank tomonidan tayyorlanadi.

Ş.Şaripov: Soha yangi. Endi banklar bunga tayyormi hozir, özgarişlarga?

I.Tursunov: Özbekistonda islom moliyasi amaliyoti mikromoliya taşkilotlari hamda jismoniy şaxslar örtasida, boşqa ba’zi taşkilotlar örtasida ançadan beri mavjud. Ya’ni islom moliyasidan xabardorlik darajasi asta-sekin ortib bormoqda. Şu bilan birgalikda, moliyaviy institutlarda ham bunga tayyorgarlik bosqiçlari boşlangan. Sönggi yillarda özlarining mavjud kadrlarini islom moliyasi yönalişida öqitiş, ularning malakasini oşiriş, kerak bölsa, islom moliyasi rivojlangan davlatlarga ularni olib borib, tajribasini oşiriş işlari amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, islomiy banklar ertaga islom moliyasi tamoyiliga muvofiq işlaşi uçun ularda Şariat kengaşlari mavjud bölişi kerak. Islom moliyasi kengaşida islom moliyasi huquqini yaxşi biladigan, tajribali, nufuzli olimlar bölişi kerak.

Ş.Şaripov: Banklar uçun bu ixtiyoriy-a?

I.Tursunov: Hozirgi qonun loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasida mavjud bölgan banklar, agar xohlasa, islomiy bank xizmatini körsatmoqçi bölsa, Markaziy bank tomonidan hozirda tayyorlangan qonun loyihasida körsatilgan şartlar asosida hujjatlar taqdim etib, islom moliyasi operatsiyalari, xizmatini körsatiş uçun litsenziya olişi mumkin. Bu litsenziyani an’anaviy banklar öz an’anaviy faoliyatini körsatib turgan holda qöşimça islomiy bank xizmatini körsatiş uçun ham alohida litsenziya olişi mumkin yoki tubdan töliq islomiy bank faoliyatini körsatiş uçun ham litsenziya olişi mumkin. Ya’ni bu yerda islomiy bank faoliyatini körsatiş uçun litsenziya beriladi.

Ş.Şaripov: Demak, bank butkul şaklini özgartirib, islomiyga aylanib olişi ham mumkin, şunaqa demoqçimisiz?

I.Tursunov: Ha.

Ş.Şaripov: Biz siz bilan sal oldin bir maqola çiqardik, ötlab ketmaslik uçun qanaqa instrumentlar bor deb. Biz öşa yerda bu savolga javob beryapmiz: Şariat kengaşlari. Maqolani hamma ham öqimagan bölişi mumkin, şu yerda yana töxtalişimiz kerak böladi. Şariat kengaşi, bu Markaziy bankning qoşida böladi, töğrimi?

I.Tursunov: Töğri. Umuman, islomiy bank mahsulotlarining an’anaviy bank mahsulotlaridan asosiy, tubdan farq qiladigan narsasi bu öşa moliyaviy mahsulotlarning islom moliyasi tamoyillariga muvofiqligi. Agar şu muvofiqlik tamoyili buziladigan bölsa, bu demak, islom moliyasi qoidalariga, huquqiga zid bölgan xizmatlarga sabab böladi. Bu esa islomiy banklarga xos bölmagan holat. Endi buni kim nazorat qiladi? Tabiiyki, bu jahon amaliyotida ham bor. Bu amaliyotdan kelib çiqqan holda, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki ham qonun loyihasida buni hisobga olgan. Tabiiyki, bu narsa Markaziy şariat kengaşi nomi bilan emas, balki Markaziy bank Islomiy moliya kengaşi nomi bilan nomlangan. Qanaqa nomlanişi farq öynamaydi, asosiysi işning qanday taşkil qilinişida.

Ş.Şaripov: Kengaşda kim a’zo böladi?

I.Tursunov: Qonun loyihasida körsatilgandek, Markaziy islomiy moliya kengaşida kamida beşta islom moliyasi va islom huquqi böyiça oliy ma’lumotga ega bölgan, nufuzli, tajribali şariat olimlari a’zo böladi.

Ş.Şaripov: Fuqaroligi ahamiyatlimi?

I.Tursunov: Deylik, beşta olim böladigan bölsa, uning uçtasi mahalliy olimlar bölişi mumkin, ikkitasi xorijdan jalb qilingan ekspertlar bölişi mumkin. Yoki beşta mahalliy olimlarning özi bölib, qöşimça yana Markaziy bank tomonidan ikkita, uçta xorijlik ekspert jalb qilinişi mumkin. Çunki Özbekistonda islomiy bankçilik tajribasi mavjud emas. Şu bois taşqaridan xalqaro ekspertlarni jalb qiliş maqsadga muvofiq böladi. Bu borada Markaziy bank nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan kelişuvlar olib bormoqda.

Ş.Şaripov: Kengaş doimiy faoliyat yuritadimi?

I.Tursunov: Kengaş doimiy faoliyat yuritadi, ammo Markaziy bankda doimiy işçi yoki tarkib bölib turmaydi. Ular özining asosiy işlari, maşğulotlari bilan maşğul böladi. Markaziy bankning içida böladigan Markaziy kengaşning işçi guruhi böladi. Bu işçi guruh Şariat kengaşi a’zolarining ma’lum bir muddatda uçraşişini ta’minlaydi. Masalan, ikki oyda bir marta, kvartalda bir marta, işning hajmidan kelib çiqqan holda.

Ş.Şaripov: Şartnoma asosida.

I.Tursunov: Ha, şartnoma asosida jalb qilinadi ular. Işçi guruh Şariat kengaşi körib çiqişi kerak bölgan mahsulotlar, işlarni, jarayonlarni tayyorlaydi – Şariat kengaşi a’zolari yiğiladigan kunga bu hujjatlarni tayyorlab qöyişadi. Şariat kengaşi a’zolari kelib, yiğilişda ötirganda, kun tartibida bölgan barça masalalar körib çiqiladi, özlarining xulosalarini beradi, tasdiqlaydigan joylari bölsa, tasdiqlaşadi yoki töğrilaşlar kerak böladigan bölsa, tavsiyalar beriladi yoki töxtatilişi kerak böladigan jarayonlar bölsa, özlarining fikrlarini bildirişadi. Ya’ni Markaziy şariat kengaşining asosiy vazifasi butun tarmoq, respublikadagi islomiy moliyaning, islom moliyasi huquqi asosida, şariatga asosan muvofiqlaşişini nazorat qiladigan bir markaz.

Ş.Şaripov: Tuşunib turibmiz, vaziyat har xil bölişi mumkin, qaysidir bankda qandaydir qoida özgarib qolişi mumkin. Şularning nazoratini olib borib, hammasini unifikatsiya qiladi, şunaqami?

I.Tursunov: Ha, şunday. Qonun loyihasida közda tutilgan yana bir narsa, har bir islomiy bank faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölib, litsenziya olgan banklarda kamida uçtadan islom moliyasi kengaşi a’zolari böladi. Bu islom moliyasi kengaşi a’zolari ham islom huquqi va islom moliyasida ma’lumotga ega, tajribaga ega mutaxassislar böladi. Odatda ular öşa islomiy bank körsatmoqçi bölgan tovarlar va xizmatlarga oid bölgan jarayonlarni oldin özlari körib çiqişadi, tasdiqlaşadi va umumiy kelişuv uçun buni markaziy kengaşga, Markaziy bankka yuborişadi.

Ş.Şaripov: Demak, banklarning özining ham Şariat kengaşlari böladi?

I.Tursunov: Şunday.

Ş.Şaripov: Hozirgi kunda banklarga nima tavsiya bergan bölardingiz, birinçi qadamlarni taşlaş uçun?

I.Tursunov: Birinçi bölib maslahat beradigan narsamiz, tijorat banklari ertaga islomiy bank xizmatlarini körsatmoqçi bölsa, kadrlarini öqitişni doimiy ravişda kuçaytirib borişi kerak. Undan taşqari, islomiy bank oçiş böyiça talab va yöriqnomalar bor, xalqaro yoki içki. Qonun loyihasida ham qonun kuçga kirgandan keyin islomiy moliya, islomiy bank faoliyatini yuritiş uçun litsenziya olişda qanday talablar bölişi körsatib ötilgan. Mana şu talablarni bajara oladigan şartlardan boşlaş kerak. Çunki bu jarayon vaqt talab qiladigan jarayon, tezda böladigan masala emas. Bu yerda kadrlar tayyorlaş bor, bankning içki operatsiyalarini tartibga soliş bor. Islomiy bank faoliyatini yölga qöyiş reputatsion risklarni yuzaga keltiradi.

Islomiy bank litsenziyasini olib, faoliyat yuritmoqçi bölgan bank xizmatlarini körsatayotganda şariatga muvofiqligini ta’minlaş uçun ularda alohida buxgalteriya hisobi yuritilişi kerak, Şariat kengaşi har bir operatsiyani kuzatib boradi, şariat auditi tomonidan doimiy ravişda nazorat olib boriladi va bu operatsiyalarning barçasi Markaziy bank tomonidan belgilab berilgan qat’iy intizom asosida yuritiladi. Bu barçasi vaqt oladigan jarayon bölgani uçun hozirdan banklar bu işlarni boşlaşi kerak va bunga jiddiy e’tibor berişi kerak. Ham mahalliy, ham xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda işni töğri taşkil qiliş kerak.

Ş.Şaripov: Ya’ni Markaziy bank javobgar-da, a, töğrimi? Amal qilinyaptimi islomiy moliya tamoyillariga yo yöqmi, şunaqami?

I.Tursunov: Regulyator sifatida Markaziy bankning bu sohaga javobgarligi katta, çunki bu yerda reputatsion risk bor. Bu tizimning barqaror va doimiy, uzluksiz işlab ketişi uçun har bir bank islom moliyasi huquqi asoslariga qat’iy amal qilgan holda işini yuritişi kerak böladi. Biror joyda kimdir özining şaxsiy manfaatlaridan kelib çiqib qasddan şariatga muvofiq jarayonlarni buzadigan bölsa, bu nafaqat öşa bankka ta’sir qiladi, balki jamiyatdagi islomiy moliya xizmatlari, islomiy bank tizimi, moliyaviy sektor uçun xavf tuğdiradi. Şuning uçun Markaziy bank bunga juda jiddiy qaraydi.

Ş.Şaripov: Demak, iste’molçi öylanib qolmasligi kerak, an’anaviy bankda oçilgan islomiy darçaga boraymi yoki tölaqonli islomiy bankka boraymi, qoidalar bir xil.

I.Tursunov: Heç qanaqa şubha bölişi kerak emas. Xoh u töliq 100 foizlik islomiy bank bölsin, xoh u an’anaviy bank, qattiq nazoratda faoliyat yuritadi.

Ş.Şaripov: Ya’ni unisi ham, bunisi ham şu Markaziy bankning nazorati ostida?

I.Tursunov: Unisi ham, bunisi ham bir xil operatsiyani bajaradi.

Ş.Şaripov: Parallel ravişda faoliyat yuritadi.

I.Tursunov: Xuddi şunaqa. Alohida hisobraqamlar, alohida pul oqimlari. Islom moliyasiga ajratilgan resurslar alohida saqlanadi. Ya’ni bu yerda heç qanaqa şubha bölmasligi kerakki, an’anaviy bankda islomiy bank darçasi yoki islomiy bank xizmatlari körsatilayotgan ekan, bular aralaşib ketadi yoki boşqa degan yuzaki qaraşlar bölişi kerak emas. Agarda bank şariatga muvofiq bölmagan, islom moliyasi huquqiga muvofiq bölmagan biror bir amaliyotni bajarib qöyadigan bölsa, bu unga juda qimmatga tuşadi. Markaziy bank uni katta jarimaga tortadi yoki bölmasa jazolaydi, kerak bölsa litsenziyasini olib qöyadi. Malayziyada agarda biror bir bank qasddan aholining qadriyati va işonçidan foydalangan holda foyda topiş maqsadida islom moliyasi huquqiga töğri kelmaydigan operatsiyani amalga oşiradigan bölsa, unga sakkiz yilgaça qamoq jazosi yoki beş million dollar miqdorida jarima yoki har ikkalasi qöllanadi. Bu juda jiddiy masala va u hazillaşadigan narsa emas.

Ş.Şaripov: Ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar yangrayapti. Ba’zisiga munosabat bildiriş majburiyatidamiz, deb hisoblayman. Fikrlarning içida şunaqa bir fikr aytildiki, “Şundoq ham özi korrupsiyalaşgan bu tizim – moliyaviy tizimimizga yana islomiy moliya ham kirib kelsa, battar böladi”. Nima deb javob bersak böladi?

I.Tursunov: Amaliyotda özini körsatgan yaxşi bir moliyaviy tizimga nisbatan, uning qanaqa işlaşini bilmay turib, salbiy baho beriş kerak emas. Yuqorida aytib ötganimizdek, buning tagida katta reputatsion risk yotibdi. Yana ham bölganda, bu Islom moliyasi. Bankning özida şariat kengaşi bor. Ularning asosiy qiladigan vazifasi mana şu kunlik operatsiyalarni kuzatib, nazorat qilib boriş.

Töğri, har bir işda öziga yaraşa kamçiliklar bölişi tabiiy, hamma risoladagidek işlay olmaydi. Lekin asosiy kutilayotgan narsa şuki, Islom moliyasi töğri yölga qöyiladigan bölsa, jamiyat uçun, xalq uçun, davlat uçun manfaatli böladi.

Ş.Şaripov: Farazan, işlar öşa munosabatdagidek bölsa, judayam bir korrupsiyalaşgan muhitga Islom moliyasi kelsa, menimça, bu holatda ham bu soğlomlaştirişga xizmat qiladi. Çunki bu qanaqadir xaotik bir narsa emas – Islom moliyasi. Strukturalaşgan, tajribadan ötgan va iyerarxiyasi bor, ya’ni nazorat iyerarxiyasi.

I.Tursunov: An’anaviy moliyaviy tizim – bitta moliyaviy tizim. Endi uning yoniga alternativ, muqobil bölgan ikkinçi moliyaviy tizim kelsa, örtada nima paydo böladi? Raqobat.

Raqobat esa xizmatlar sifati yaxşilanişiga sabab böladi, narxlar arzonlaşişiga sabab böladi. Bitta an’anaviy moliyaviy tizim bilan çeklanganimiz yaxşimi yoki yoniga islomiy moliya kirib kelgani yaxşimi? Buning salbiydan köra ijobiy faktorlari köproq: bozorda öyinçilar köpayadi, resurslar arzonlaşadi.

Ertaga Islom moliyasi özida mavjud bölgan resurslarni bozorga safarbar qilgandan keyin resurslar tannarxi arzonlaşişi evaziga xizmat narxlari tuşadi. Hozir ustamalar, öşa “hozir ol, keyin töla”ning ustamasi 40%, 45%, kerak bölsa 70% gaça bölib turgan bir paytda islomiy banklar özining resursi bilan bozorga kirsa bu ustamalar pasayadi.

Ş.Şaripov: Eng katta yaxşiliklardan biri – iqtisodiyot hajmi kengayadi. Özbekiston içidagi pulni saqlab ötirgan odamlar pulni sarflay boşlaydi, bankdan aylantira boşlaydi. Boşqa tomondan çet eldan investitsiya kirib keladi va umumiy natija sifatida iqtisodiyot hajmi yiriklaşadi.

I.Tursunov: Hozir moliyaviy tizimning unçalik yaxşi rivojlanmaganligi uçun aholi qölida turgan böş pul mablağlarini köproq köçmas mulkka, uy-joy sotib olişga yoki maşina sotib olişga safarbar qilyapti, Şokir aka. Agar oddiyroq qilib gapiradigan bölsak, bu nimaga sabab bölyapti? Uy-joylar narxi ortib ketişiga, maşina narxlari kötarilişiga.

Agar ertaga Özbekistonda moliyaviy bozor rivojlansa, kapital bozori rivojlansa, aholi tabiiyki, özining pulini faqat köçmas mulkka yoki maşinaga safarbar qilmaydi. Ular yanada manfaatli bölgan biznes loyihalariga, Islom moliyasiga muvofiq işlaydigan bizneslarga, aksiyalarga, boşqalarga safarbar qilgandan keyin, tabiiyki, bozordagi uylarning narxi tuşadi, avtomaşinalar narxi tuşadi. Hamda boşqa moliyaviy bozorlar rivojlanişiga yöl oçadi. Buning ijobiy natijalarini köp narsalarda körsatişimiz mumkin, agar bu tizim töğri yölga qöyilsa.

Ş.Şaripov: Birinçi xorijiy investitsiyalar kirib kelişini qaçon kutsak böladi, islomiy moliya tarafidan?

I.Tursunov: Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni çetdan kuzatib turişibdi. Ular Özbekistonda talab borligini, bozor borligini, islom moliyasiga çanqoq bölgan aholi va investorlar borligini bilişadi. Ular ayni paytda ham ba’zi bir Özbekistondagi mavjud bölgan an’anaviy banklar bilan kelişuvlarni olib borişmoqda.

Ş.Şaripov: Çunki gap real daromad haqida ketyapti!

I.Tursunov: Albatta. Qonun kuçga kirsa, keyin kelamiz degan yondaşuv bilan işlamaydi biznes. Ular hozir banklar, investorlar bilan hamkorlikni boşlaşgan. Ular qonun çiqqandan keyin işga tuşib ketadigan jarayonlarni tayyorlaş arafasida. Öylaymanki, qonun kuçga kirib, qonunosti nizomlari tayyor bölişi bilan 2026 yilda Özbekistonga xorijiy investitsiyalar kirib kelişini katta körsatkiçlarda kuzatişimiz mumkin böladi.

Ş.Şaripov: Siz intervyu oldidan tuşuntiriş işlari yetarli bölmayapti deb aytdingiz. Odamlar qançalik yaxşi tuşunsa, şunça yaxşi. Öşa tuşunmaslikdan ham köp har xil nojöya işlar böladi-da.

I.Tursunov: Özi şundoq ham Özbekistonda moliyaviy savodxonlik yaxşi şakllanmagan. Endi bunga islomiy moliya qöşilgandan keyin u yana ham ortdi. Islom moliyasi haqida aholi töğri tasavvurga ega bölişi kerak. Islomiy banklarga litsenziya asosida savdo qiliş, şerikçilikka qöşiliş uçun ruxsat berilyapti. Savdoning asl mohiyati nima? Siz nimanidir oldin özingiz sotib olasiz, ustiga özingizning foydangiz, ustamangizni qöyasiz, keyin kimgadir sotasiz.

Banklar bunda nima qiladi? Masalan, banklar oldin ehtiyojingizga kerak bölgan narsani avval özi sotib oladi, egalik qiladi. Undan keyin sizga, sizda hozir yetarli mablağ bölmagani uçun, ustiga özining foydasini qöyib, bölib tölaşga sotadi. Bu Islom moliyasiga muvofiq keladigan savdo.

Ba’zi kişilarda “islomiy bank oçilsa, menga foizsiz qarz berar ekan, foizsiz resurs berar ekan, foizsiz moliyalaştirar ekan” degan tuşunçalar bor. Lekin islomiy bankda turgan mablağlar bu aholining pul mablağlari, depozitga olib kelgan aholi mablağlari yoki aksiyadorlarning pullari. Ularning bu qöygan pulidan maqsad nima? Foyda oliş.

Ş.Şaripov: Xayriya qiliş emas.

I.Tursunov: Albatta. Bu foyda qaysi usul bilan olinyapti? Islom moliyasi xizmatlarini körsatiş bilan. Faqatgina bu yerda Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq iş yuritiladi. Lekin öşa tijorat, öşa ustama yoki bölmasa foyda köriş masalalari özgarmasdan qoladi.

Ş.Şaripov: Foyda körişni heç kim bekor qilmagan.

I.Tursunov: Albatta.

Şokir Şaripov tayyorladi