“Tez pul işlaş”, “oson pul topiş”, “bir zumda boyib ketiş” kabi iboralar odamlarni beixtiyor öziga tortadi. Bir qaraşda ular jozibador, ba’zan esa haqiqatga yaqin tuyuladi. Ayrimlarda bu amalga oşayotgandek. Göyo qöl çözsangiz böldi – boylik qölingizga tuşadigandek. Ammo bu xayollarning tagida nima yotadi? Haqiqatan ham pulni tez va oson işlab topiş mumkinmi?
Boyib ketiş illyuziyasi
Köpinça odamlarni tez boyişga işontiriş uçun katta natijaga erişgan tadbirkorlar misol keltiriladi. Ularning muvaffaqiyatlari orqali “qarang, siz ham şunday qilsangiz böladi”, deyiladi. Lekin bu yerda katta ziddiyat bor: tez va oson boyiş deyarli imkonsiz. Biz körib turgan natijalar esa şunçaki notöğri talqin qilingan böladi. Aslida muvaffaqiyatli insonlarning yöli oson bölmagan. Ularning ortida yillar davomida yiğilgan tajriba, ilm, qattiq intizom, tinimsiz mehnat, sabr-toqat va qanoat yotadi.

Kişida ilmsizlik sabab “böşliq” mavjud bölsa, köpinça qisqa muddatli daromad va’dasi bilan töldiriladi. Bu esa odatda moliyaviy piramidalar şaklida namoyon böladi. Ularda keyin kirganlarning puli avvalgilarga qayta taqsimlanadi, göyo “investitsiya daromadi” kabi illyuziyalanadi. Lekin oxir-oqibat piramida qulaydi, minglab odamlar pulidan ayriladi.
Islomiy oltin qoida
Qadimiy, ammo hanuz amal qilib kelayotgan islom moliyasining bir qonuniyati bor: pul evaziga pul topilmaydi. Pul faqat real iqtisodiyotga kirib, mahsulot yoki xizmatga aylanib, qiymat yaratganidan sönggina foyda keltiradi.
Islom moliyasining eng asosiy tamoyillaridan biri ham şunda: pul – tovar emas. Pul sotilmaydi, faqat ayirboşlanadi. Şu sabab savdoga oid qoidalar pulga nisbatan qöllanmaydi. Pulning öziga xos alohida tartiblari bor – ularni “sarf qoidalari” deb ataşadi.

Biz tovarlarni yoki xizmatlarni bevosita iste’mol qilamiz: nonni yeymiz, liboslarni kiyamiz, maşinani minib yuramiz. Pul esa bunday emas. U jismoniy xususiyatiga köra qoğoz, metall yoki hisobdagi raqamlardir. Bizga pul orqali olinadigan manfaat kerak. Masalan, qölingizda bir million söm naqd mablağ bölsa, uni qoğoz sifatida işlatmaysiz. Balki uni oziq-ovqatga yoki xizmatga sarflaysiz. Ya’ni pul ehtiyojimizni qondiruvçi boşqa mahsulot olişga sarflandi. Demak, pul – şunçaki vosita. Uning jismoniy qiymati yöq, asl mohiyati unga yuklangan ijtimoiy vazifadadir.











