Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada avtoturargoh inspektori parkomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda
Politsiyaning ta’kidlashicha, munitsipal xizmat xodimi ko‘p hollarda parkomatlardan tangalarni o‘g‘irlagan va ularni rafiqasining bank hisobiga qo‘ygan.
Bavariyaning Kempten shahridagi avtoturargohlar inspektori qo‘lga olindi, u rafiqasi bilan birga ko‘chalarga o‘rnatilgan parkomatlardan million yevrodan ortiq pul o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda.
Politsiyaning ta’kidlashicha, munitsipal xizmat xodimi ko‘p hollarda parkomatlardan tangalarni o‘g‘irlagan va ularni rafiqasining bank hisobiga qo‘ygan.
Joriy yilning oktyabr oyida prokurorlar bir nechta bank hisob raqamlariga doimiy ravishda naqd pul kelib tushayotgani haqida ma’lumot olgan. Shundan so‘ng, surishtiruv boshlangan.
24 noyabr kuni gumonlanuvchilar bilan bog‘liq ofislarda tintuv o‘tkazilib, shu kuni ular hibsga olingan. Avtoturargoh inspektori 40 yoshda, uning rafiqasi esa 38 yoshda, ularning ismi oshkor etilmagan, chunki Germaniyada shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunlar odamlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular aybdor deb topilmaguncha oshkor qilishni taqiqlaydi.
Avtoturargoh inspektori va uning rafiqasiga 720 ta o‘g‘rilik hodisasi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin.
Gumonlanuvchilar parkomatlardan tangalarni o‘g‘irlash orqali aynan qancha vaqt ichida shuncha katta miqdordagi mablag‘ni to‘plashi mumkinligi hozircha aniq emas.
Kempten meri Tomas Kille sodir bo‘lgan voqeadan hayratda va qayg‘uda ekanini aytdi. Shuningdek, u ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash va kelgusida bartaraf etishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun komissiya tuzayotganini aytdi.
Kempten Germaniyadagi eng qadimgi shaharlardan biri bo‘lib, Bavariyadagi Iller daryosi bo‘yida, xushmanzara Allaga tog‘li hududida joylashgan. Shaharda 70 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026