Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi bilan tanishdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukus shahrida xalqaro standartlar asosida qurilgan yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi faoliyati bilan tanishgani haqida o‘zining Telegram’dagi posti orqali ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Nukusda xalqaro standartlar asosida barpo etilgan yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi bilan tanishuv amalga oshirilgan. Uning ta’kidlashicha, bunday loyiha hudud tadbirkorlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar samarasida amalga oshgan.

Postda qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston O‘zbekistonning eng jozibali sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu yerda mehmonlar va investorlarni jalb qilish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, yangi mehmonxona kabi loyihalar hududga sayyohlar oqimini oshirish, turizm salohiyatini namoyon etish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


Mavzuga oid
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
21:42 / 04.06.2026