Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva giyohvand moddalar savdosiga qarshi jiddiy kurash e’lon qilinganini ma’lum qildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.
"Qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan yana bir muhim masala - giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
Bugun Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir. Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart" deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva .

Mavzuga oid
13:44 / 24.05.2026
Saida Mirziyoyeva Hindistonda Rubio bilan uchrashdi
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
18:18 / 18.05.2026
O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi - Saida Mirziyoyeva
14:26 / 15.05.2026