Jahon | 18:37 / 01.12.2025
4363
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi

Sinov 2026 yil 30 iyun kuni soat 23:59 gacha Rossiya davlat chegarasi orqali barcha o‘tkazish punktlarida «texnik imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda» davom etadi.

Foto: TASS

1 dekabrdan boshlab Rossiyada chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish va chiqish qoidalari va shartlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha eksperimentning navbatdagi bosqichi boshlandi, uning doirasida Rossiya davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida biometrik shaxsiy ma’lumotlar to‘planadi. Bu haqda Rossiya hukumatining tegishli qarorida aytiladi, deb xabar berdi «Gazeta».

Hujjatga ko‘ra, sinov 1 dekabr kuni soat 00:00 da boshlangan va 2026 yil 30 iyun kuni soat 23:59 gacha Rossiya davlat chegarasi orqali barcha o‘tkazish punktlarida «texnik imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda» davom etadi. Uning maqsadi chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu punktlar orqali mamlakat chegarasini kesib o‘tganda ularning biometrik shaxsiy ma’lumotlarini to‘plashdan iborat.

Biometriya - bu insonni uning noyob jismoniy yoki xulq-atvor xususiyatlariga qarab taniydigan texnologiyadir. Biometrik ma’lumotlar barmoq izlari, yuz (Face ID), ko‘z kamalagi va to‘r pardasi, ovoz, kaftdagi venalar rasmi, DNK ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

2024 yil 1 dekabrdan davrda xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Moskvaning Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo aeroportlari, Moskva yaqinidagi Jukovskiy aeroporti, shuningdek, Orenburg viloyatidagi «Mashtakovo» o‘tkazish punktida biometriya topshirish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan edi. 2025 yil 30 iyundan boshlab vizasiz davlat fuqarolari Rossiyaga rejalashtirilgan safaridan kamida 72 soat oldin elektron arizani to‘ldirishi kerak.

Belarus fuqarolari, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatlar va xalqaro tashkilotlar xodimlari oilalari bilan biometriya topshirishdan ozod qilingan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid