Texnologiya | 17:00 / 03.12.2025
4819
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Leapmotor, GAC Aion va AITO endi rasman O‘zbekistonda, faqat Evolution Motorsʼda!

28 noyabr kuni Sergeli tumanida Evolution Motors, Leapmotor, GAC AION va AITO brendlarining rasmiy distribyutori yangi flagman avtosaloni ochildi.

Foto: Evolution Motors

Yangi salon Kichik halqa yo‘li bo‘ylab joylashgan bo‘lib, zamonaviy format, keng ekspozitsiya maydoni va mijozlarga qulayliklarni birlashtirgan avtomobil markazi sifatida taqdim etilmoqda.

Yangi avtosalonda kompaniya taqdim etayotgan asosiy elektromobil brendlari — Leapmotor, GAC AION va AITO modellari namoyish etiladi. Mijozlar barcha asosiy modellar bo‘yicha test-drayvdan o‘tish va avtomobillarni yaqinroq tanib olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, xarid jarayoni maksimal soddalashtirilgan: avtomobilni shu yerning o‘zida rasmiylashtirib, to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng darhol olib ketish mumkin.

Evolution Motorsʼning ustunliklari

Kompaniya o‘z faoliyatida mijozlarga qulaylik va shaffof xizmat ko‘rsatishni eng muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan. Evolution Motorsʼning asosiy afzalliklari — rasmiy diler sifatida to‘liq kafolatlangan avtomobillarni taklif etishi, transport vositalarini qo‘shimcha sertifikatsiya bosqichisiz rasmiylashtirib berishi va “schet-spravka” tizimi orqali hujjatlarni tezkor tayyorlab berish imkoniyatidir.

Shuningdek, xaridorlar 3 yil yoki 100 000 kilometrgacha bo‘lgan rasmiy kafolatdan foydalanishlari, avtomobilni bir kunning o‘zida rasmiylashtirib olishlari va keng, zamonaviy hamda mijozlarga qulay tarzda tashkil etilgan yangi avtosalon xizmatlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Maxsus shartlar

Avtosalon ochilishi munosabati bilan mijozlar uchun bir qator qulay takliflar taqdim etilmoqda. Jumladan:

 • AITO va GAC AION elektromobillariga foizsiz muddatli to‘lov

 • Shartlar: boshlang‘ich to‘lov + 12 yoki 24 oylik to‘lov muddati

 • Hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz, narx o‘zgarmagan holda rasmiylashtirish imkoniyati

Mazkur takliflar 31.12.25gacha amal qiladi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid