Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ChatGPT ichida reklama paydo bo‘ldi, hatto premium obunachilar ham uni ko‘ryapti
ChatGPT foydalanuvchilari suhbat vaqtida reklama bannerlari chiqayotganini ayta boshladi. Noyabrda servis kodida reklamaga oid belgilar topilgandi, hozir esa e’lonlar turli davlatlardagi yuzerlarda ko‘rinishi bilan tasdiqlanyapti.
Qizig‘i shundaki, reklama hatto premium hisoblarga ega odamlarda ham chiqyapti. Pro obunasi bor foydalanuvchilar ham bundan chetda qolmagan. TechRadar yozishicha, AQSh va Buyuk Britaniyadagi yuzerlar bu holatni ko‘proq uchratyapti. E’lonlar har doim chiqmaydi, lekin Plus yoki Pro obunasi ularni to‘liq yo‘q qilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu qarorga nisbatan norozilik kuchaydi. Ko‘pchilik reklama suhbat mavzusi bilan bog‘liq emasligini aytib, bunda haqiqiy reklamadan boshqa narsa yo‘qligini ta’kidlayapti. OpenAI bu vaziyatga hali izoh bermadi.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
23:02 / 06.06.2026
ChatGPT foydalanuvchilari soni uch yilda bir milliardga yetdi
22:09 / 16.05.2026