Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolari soni bir yilda qariyb 5 mingga ko‘paydi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida Italiyadan O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan fuqarolar soni 40,8 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 ming nafarga yoki 12,3 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya fuqarolarining O‘zbekistonga safarlari asosan sayohat va dam olish maqsadlariga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, hisobot davrida:
- sayohat maqsadida – 38,6 ming nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash uchun – 1,2 ming nafar;
- xizmat safari bilan – 850 nafar;
- o‘qish maqsadida – 86 nafar;
- davolanish uchun – 3 nafar;
- tijorat maqsadida – 2 nafar Italiya fuqarosi O‘zbekistonga kelgan.
Italiyadan kelayotgan turistlar oqimining o‘sishi O‘zbekistonning xalqaro maydonda turistik yo‘nalish sifatidagi nufuzi ortayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
09:49 / 26.05.2026
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:22 / 26.05.2026