Jahon | 22:44 / 07.12.2025
2809
2 daqiqa o‘qiladi

Benindagi davlat to‘ntarishi tashkilotchisi qochib ketdi

7 dekabr kuni Beninda o‘zlarini «Qayta qurish bo‘yicha harbiy qo‘mita» deb atagan harbiylar milliy televideniye efirida prezident Patris Talonni ag‘darishgani va hokimiyatni qo‘lga olishgani, mamlakat boshqaruvi vaqtincha podpolkovnik Tigri Paskal boshchiligidagi harbiy kengashga o‘tganini e’lon qilishgandi.

Foto: AP

Beninda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan isyonchilar yetakchisi podpolkovnik Paskal Tigri qochib ketdi.

"Manbalarga ko‘ra, ayrim isyonchilar qochib ketgan. Ular orasida polkovnik Tigri ham bor", - deb xabar berdi 24heuresauBenin nashri.

Nashrning yozishicha, mamlakat harbiylari va xavfsizlik xizmati xodimlari qochib ketgan isyonchilarni qidirmoqda.

7 dekabr kuni Beninda o‘zlarini «Qayta qurish bo‘yicha harbiy qo‘mita» deb atagan harbiylar milliy televideniye efirida prezident Patris Talonni ag‘darishgani va hokimiyatni qo‘lga olishgani, mamlakat boshqaruvi vaqtincha podpolkovnik Tigri Paskal boshchiligidagi harbiy kengashga o‘tganini e’lon qilishdi.

Prezident ofisi AFP agentligiga bergan izohida «Bu faqat televideniyeni nazorat qilayotgan kichik bir guruh bo‘lib, muntazam armiya nazoratni tiklayotgani, shahar va mamlakat to‘liq xavfsizlikda» ekanligini bildirdi.

Talon o‘z lavozimidagi ikki muddatdan so‘ng kelasi yili iste’foga chiqish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

67 yoshli Talonning ikkinchi vakolat muddati 2026 yil bahorigacha, navbatdagi prezidentlik saylovlari aprel oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

G‘arbiy Afrikaning ushbu davlatida to‘ntarishga urinish qo‘shni Gvineye-Bisauda prezident Umaro Sissoko Embalo hokimiyatdan ag‘darilganidan o‘n kuncha vaqt o‘tib sodir bo‘ldi.

Mavzuga oid