Fransiyaning Benindagi elçixonasi xabarida aytilişiça, prezidentning Kotonu şahridagi (poytaxt emas) qarorgohi hududida otişma ovozlari eşitilgan. Elçixona Fransiya fuqarolarini xavfsizlik nuqtayi nazaridan öz uylarini tark etmaslikka çaqirgan.

Özlarini «Qayta quriş böyiça harbiy qömita» deb atagan harbiylar davlat televideniyesi orqali çiqişida maxsus yiğiliş ötkazilgani va unda «Patris Talonni respublika prezidenti lavozimidan çetlatiş» töğrisida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

Biroq Talon yaqinlari prezident xavfsiz joyda ekanini aytmoqda.

«Bu faqat televideniyeni nazorat qilayotgan kiçik bir guruh. Muntazam armiya nazoratni tiklamoqda. Şahar va mamlakat töliq xavfsizlikda», – deyiladi prezident ofisining AFP agentligiga bergan izohida.

Talon öz lavozimidagi ikki muddatdan söng kelasi yili iste’foga çiqiş niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

67 yoşli Talonning ikkinçi vakolat muddati 2026 yil bahorigaça, navbatdagi prezidentlik saylovlari aprel oyida bölib ötişi kerak edi.

Talon – Beninda «paxta qiroli» sifatida maşhur bölgan yirik tadbirkor hisoblanadi. U 2016 yilgi saylovlar natijasida hokimiyatga kelgandi. Talon uçinçi muddatga saylanmaslikka va’da bergan va öz vorisini ham ma’lum qilgandi.

Ğarbiy Afrikaning uşbu davlatidagi töntariş qöşni Gvineye-Bisauda prezident Umaro Sissoko Embalo hokimiyatdan ağdarilganidan ön kunça vaqt ötib sodir bölmoqda.

Ğarbiy Afrikada sönggi yillarda bir neça bor davlat töntarişlari amalga oşirildi, xususan, Burkina-Faso, Gvineya, Mali va Nigerda harbiylar hokimiyat tepasiga keldi, bu esa mintaqada xavfsizlik bilan boğliq vaziyat oğirlaşişi borasidagi xavotirlarni kuçaytirdi.