Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik yuk samolyoti Toshkentga qo‘ndi
Ukraina aviakompaniyasiga tegishli An-124-100M «Ruslan» yuk samolyoti ekipaji Xitoyning Urumchi aeroportidan parvozni amalga oshirdi.
Foto: Ruslan Muhiddinov
Toshkent xalqaro aeroportiga 8 dekabr kuni eng kam uchraydigan bort - Ukrainaning «Antonov Airlines» aviakompaniyasiga tegishli yuk tashuvchi An-124-100M «Ruslan» yuk samolyoti qo‘ndi.
Havo kemalarini suratga olish bilan shug‘ullanuvchi «Uzbekistan spotters Team» havaskorlar klubi spotteri ulkan samolyot fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
Ekipaj Xitoyning Urumchi aeroportidan parvozni amalga oshirdi, samolyot bortiga «Be brave like Kharkiv» («Harkiv kabi jasur bo‘l») yozuvi tushirilgan bo‘lib, Rossiya bosqiniga qarshi kurashgan Harkiv shahrining matonati va jasorati olqishlangan.
An-124 - Antonov konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan sovet transport samolyoti. U dunyodagi seriyali ishlab chiqilgan eng yirik yuk samolyotidir. «Ruslan» uzunligi 69 m, qanotlari uzunligi 73 m, yuk ko‘tarish quvvati 120 tonna, maksimal tezligi 865 km/soat. Samolyot birinchi parvozini 1982 yil 24 dekabrda Kiyevda amalga oshirdi. Hammasi bo‘lib 56 ta mashina ishlab chiqildi.
An-124 hamon katta o‘lchamli va o‘ta og‘ir yuklarni tashishda yetakchi samolyot bo‘lib qolmoqda, u 1050 m3 hajmli ulkan yuk kabinasiga ega. Uning o‘ziga xos xususiyati yukni bir vaqtning o‘zida ikki tomondan yuklash imkonini beruvchi trapli burun va quyruq yuk lyuklarining mavjudligidir.
Mavzuga oid
22:15 / 29.12.2025
Rossiya Ukrainani Putinning qarorgohiga hujum qilganlikda aybladi
21:21 / 29.12.2025
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi
14:18 / 29.12.2025
ZAES yaqinida ta’mirlash davomida o‘t ochish vaqtincha to‘xtatildi
12:06 / 29.12.2025