Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Xitoyga qarshi keskin choralar ko‘rilishi bilan tahdid qildi
Qayd etilishicha, Xitoy eksportining o‘sishi fonida Yevropa bozorida xavotirli vaziyat yuzaga kelgan.
Foto: Sipa
Yevroittifoq yaqin vaqt ichida Xitoyga qarshi keskin choralar ko‘rishi mumkin, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Echos gazetasiga bergan intervyusida.
«Men ularga agar taklifimizga javob qaytarishmasa, yevropaliklar yaqin kelajakda keskin choralar ko‘rishimiz va Xitoy mahsulotlariga AQSh kabi bojlar kiritishimiz mumkinligini aytdim», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning savdo profitsiti beqaror bo‘lib, Yevropa mahsulotlarini juda kam miqdorda import qiladi.
«Xitoy tarixan uskunalar va avtomobilsozlikka asoslangan Yevropa sanoat va innovatsion bozoriga zarba bermoqda», — dedi Makron.
Nashrning qayd etishicha, Xitoy eksportining o‘sishi fonida Yevropa bozorida xavotirli vaziyat yuzaga kelgan.
Makron Xitoyda uch kunlik davlat tashrifi bilan bo‘ldi va Bloomberg agentligining xabariga ko‘ra, investitsiyalarni oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Agentlikning Fransiya g‘aznachiligi ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, o‘tgan yili Fransiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo defitsiti qariyb 47 mlrd yevroni tashkil etgan.
2024 yilda Fransiya YeIning Xitoy elektromobillariga boj kiritish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng Parij va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgandi. Bunga javoban Xitoy Fransiya konyaklariga nisbatan minimal narxlar belgilagan, bu esa Fransiyadagi boshqa ishlab chiqaruvchilar orasida ham xavotir uyg‘otgandi.
Mavzuga oid
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
15:14 / 27.12.2025