Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda qor va tuman: yo‘llarda ko‘rish masofasi cheklangan, tezlikni oshirmaslik tavsiya etilmoqda
Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi A-373 «Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon» avtomobil yo‘lining ayrim uchastkalarda yomg‘ir, boshqa qismlarida qor yog‘ayotgani, tuman va muzlamalar xavfi borligi munosabati bilan haydovchilardan tezlikni me’yordan oshirmaslik va oraliq masofani qat’iy saqlash so‘ralmoqda.
A-373 «Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon» avtomobil yo‘lining 80—102 va 166—201-kilometrlari oralig‘ida yomg‘ir, 102—166-kilometrlar oralig‘ida esa qor yog‘moqda. Havo harorati -1 daraja atrofida, yo‘l uchastkalarda tuman kuzatilmoqda. Qor yog‘ishi va tuman sabab yo‘llarda ko‘rish masofasi taxminan 500 metrni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 2–10 m/s, namlik esa 79 foiz darajasida qayd etilmoqda.
Qor yog‘ib turgan paytda dovon orqali avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida «Qamchiqavtoyo‘l IYFK» DM tomonidan tun-u kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasiga qum-tuz aralashmasi sepish, shuningdek, yo‘llarni qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
«Qamchiqavtoyo‘l IYFK» DM «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilarga mavjud ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmaslikni, transport vositalari o‘rtasidagi oraliq masofani saqlab harakatlanishni, barcha yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni qat’iy tavsiya qildi.
Mavzuga oid
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
18:30 / 28.04.2026
Qamchiq dovonida sotuvchini miltiq bilan jarohatlagan erkak 4 yildan ko‘proqqa qamaldi
11:10 / 16.04.2026
Bahorda qor: Zomin tog‘larida qor yog‘di
21:09 / 11.04.2026