Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarga texnik xizmat narxi sezilarli oshdi
2025 yil noyabr oyida shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari narxlari oshishi davom etmoqda.
Foto: Adobe Stock
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oy ichida o‘rtacha 0,7 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, 2025 yil boshidan buyon ushbu turdagi xizmatlar narxi jami 6,9 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 7,8 foizga oshgani kuzatilgan.
Bu ko‘rsatkichlar avtomashina egalari uchun texnik xizmat va ta’mirlash xarajatlari bosqichma-bosqich ortib borayotganini anglatadi.
Mavzuga oid
17:27
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
09:49 / 26.05.2026
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:22 / 26.05.2026