Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Zelenskiy «mag‘lub bo‘layotgani» va buni «qabul qilishi» kerakligini aytdi
Oq uy rahbari fikriga ko‘ra, hozir Rossiya kuchliroq muzokara pozitsiyasida.
Foto: Politico
AQSh prezidenti Donald Tramp Politico nashriga katta intervyu berdi. Uning ma’lum bir qismi Ukraina – Rossiya urushi haqida bo‘ldi. Meduza uning muhim gaplaridan qisqa iqtiboslar keltirdi.
- [Ukraina prezidenti Volodimir] Zelenskiy ishga kirishishi va voqelikni boricha qabul qilishni boshlashi kerak, chunki u mag‘lub bo‘lmoqda.
- Ukraina urushda yutqazdimi? Bilasiz, men 10 oy burun Oq uyga qaytishimdan oldin ham ular qirg‘oqning bir qismini, katta qismini yo‘qotgan edi. Xaritalarga qarang. Hozir - yanada ko‘proq. Ular ko‘p yerlarini yo‘qotdi va bu ular yo‘qotgan juda yaxshi yerlar. Buni g‘alaba deb atash qiyin, albatta.
- Qaysi davlat hozir kuchliroq muzokara pozitsiyasida? Shubhasiz, bu Rossiya. U ancha katta. Rossiya bilan har doim oson bo‘lmagan, uning ustunligi bor va har doim bo‘lgan. U ancha katta, shu ma’noda ancha kuchli. Men Ukrainaga, uning xalqiga, harbiylariga ularning jasorati, kurashi uchun o‘z hurmatimni bildiraman. Lekin, bilasizmi, qaysidir nuqtada odatda kuch g‘alaba qozonadi.
- Bu mening urushim emas. Bu Jo Bayden urushi. Bu meni chindan ham tashvishga solayotganining yagona sababi shundaki, men yosh, chiroyli odamlarni o‘ldirishlarini ko‘rishni istamayman.
- Zelenskiy ajoyib savdogar, men uni «F.T.Barnum» deb atayman, u yer yuzidagi eng buyuk odamlardan biri edi, u har qanday narsani har kimga sota olardi. Zelenskiy Jo Baydenni unga 350 milliard dollar ajratishga ko‘ndirdi. Qarang, buning oqibati nima bo‘ldi, unga qanchaga tushdi. Mamlakatining taxminan 25 foizi yo‘qotildi.
- Ammo, Baydenga nisbatan adolatli gapiraylik, Qrimni Barak Obama berib yubordi. Ukrainada saylovlar o‘tkazish vaqti keldi - ular anchadan beri bo‘lmagan va bu unchalik to‘g‘ri emas. Kim g‘alaba qozonishini bilmayman, balki Zelenskiydir, lekin Ukraina xalqida tanlov bo‘lishi kerak. Ular demokratiya haqida gapirishadi, lekin ish shu darajaga borib yetdiki, bu endi demokratiya emas. Bu urush bo‘lmasligi kerak edi, agar men prezident bo‘lganimda, u boshlanmagan va to‘rt yil davom etmagan bo‘lardi. Agar men prezident bo‘lmaganimda, bizda allaqachon Uchinchi jahon urushi bo‘lishi mumkin edi.
Mavzuga oid
15:37
Politico: Yaponiya Rossiya aktivlari bo‘yicha YeI rejasini qo‘llab-quvvatlamadi
14:07
Donetskda AQSh fuqarosining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
13:41
Ukraina bosh shtabi: Okkupatsiya qilingan hududlarda «Pansir» yo‘q qilindi
13:05