O‘zbekiston | 13:02 / 10.12.2025
2923
1 daqiqa o‘qiladi

Yosh agronomlar 2 ming dollar maosh va kafolatlangan ish bilan ta’minlanadi

Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati ekani inobatga olinib, qishloq xo‘jaligida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, yosh agronomlarga 2 ming dollar miqdorida oylik maosh hamda qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanlarda kafolatlangan ish taklif etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermer xo‘jaliklarida ishlab, amaliyot o‘taydi. Agronomlik sirlarini o‘rgatayotgan fermer va klasterlarga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabalarning o‘ziga esa oyiga 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi.

Yetarli amaliy tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ish o‘rinlariga yuboriladi. Ular fermerlar faoliyatiga zamonaviy agrotexnologiyalar, sifatli urug‘ va yangi navlarni joriy qilish orqali hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda ishlayotgan yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanishi belgilangani, agronomlikni yoshlar uchun eng jozibador kasblardan biriga aylantirishi ta’kidlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid