Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqamli xizmatlar eksporti: qaysi davlatlar eng ko‘p sotyapti?
Amazon’ning ulkan bulutli biznesidan tortib, Spotify’ning obunaga asoslangan striming xizmatlarigacha - o‘tgan yili raqamli eksport xizmatlari hajmi 4,8 trln dollarga yetdi.
Foto: Shutterstock
Bundan tashqari, ular jahondagi barcha xizmatlar eksportining uchdan ikki qismidan ham ko‘prog‘ini tashkil qildi. AQSh texnologik gigantlari nafaqat AQShda, balki masalan, Google va boshqa yirik kompaniyalar Yevropadagi bosh qarorgohlarini joylashtirgan Irlandiya kabi mamlakatlarda ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ushbu reyting Jahon savdo tashkiloti ma’lumotlari asosida 2024 yilda raqamli eksport hajmi bo‘yicha yetakchi 30 ta mamlakatni ko‘rsatadi.
2024 yilda AQShning raqamli eksporti 741 mlrd dollarga yetdi — bu jahon hajmining 15 foizini tashkil etadi.
Meta va Google’ning milliardlab dollarlik reklama bizneslaridan tashqari, bu toifaga onlayn ta’lim, moliyaviy xizmatlar va jismoniy hozirliksiz, masofadan turib ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli servislar kiradi.

488 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan Buyuk Britaniya raqamli savdolar bo‘yicha yana bir jahon yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Bugun mamlakatda taxminan 3,2 million ish o‘rni raqamli eksport bilan bog‘liq — asosan texnologiya sektori va moliyaviy xizmatlar hisobiga.
Ma’lumotlardan ko‘rinishicha, Irlandiya uchinchi o‘rinni egallab, 425 mlrd dollarlik raqamli xizmatlarni eksport qilgan. Qolaversa, 2024 yilda uning ko‘rsatkichi 24 foizga oshgan — bu eng yirik eksportchilar orasidagi eng tez o‘sishdir. Irlandiyaning yirik texnologik kompaniyalar uchun Yevropa markazi sifatidagi maqomi tufayli mintaqadagi raqamli savdolarning salmoqli qismi aynan shu davlatda qayd etiladi va bu uning global raqamli iqtisodiyotdagi ta’sirini mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
09:19
Liyepaya va Klaypeda portlari orqali o‘zbek mahsulotlari Yevropaga yetkazilishi mumkin
14:58 / 11.12.2025
Meva-sabzavot eksporti 1,7 mlrd dollardan oshdi
11:44 / 04.12.2025
O‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
11:26 / 29.11.2025