Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vazirini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida 19 dekabr kuni Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Ryosey Akazava bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda davlat rahbari Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari jadal o‘sib borayotganini qayd etdi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda qo‘shma korxonalar soni 10 baravar oshgan, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 20 milliard dollardan ziyod bo‘lgan.

Tomonlar savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, muqobil energetika, karbonsizlantirish, o‘ta muhim xomashyo kabi yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.
Qo‘shma dastur va loyihalarni tizimli ilgari surish uchun vazirlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzish muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti JETRO va MDH mamlakatlari bilan savdo bo‘yicha assotsiatsiyasi ROTOBO faol ishtirokida ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishilgani bildirildi.

Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026