Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamentdagi do‘stlik ligasi rahbari Taro Aso bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston–Yaponiya strategik hamkorligini, jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda do‘stlik ligasi a’zolari ham ishtirok etdi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlarning o‘rni va parlamentlararo muloqotni muntazam davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, do‘stlik ligasi, ayniqsa uning raisi Taro Asoning O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi yuksak baholandi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda parlamentlardagi do‘stlik guruhlarining rolini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida 2026 yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi 2002 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning a’zolari soni 40 nafardan ortiq. Ular orasida Yaponiyaning taniqli siyosat arboblari, nufuzli deputat va diplomatlari ham mavjud.

Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026