Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan buyon 7,2 mln dona pirotexnika buyumlari ushlab qolindi - Bojxona qo‘mitasi
Bojxona organlari tomonidan aniqlangan holatlarning 10 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 80 ta holatda ma’muriy ishlar yuritilgan.
Foto: Shutterstock
Bojxona organlari tomonidan joriy yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar hamda bojxona nazorati jarayonida jami 119 ta holatda qiymati 2,3 mlrd. so‘mdan ziyod 7 mln. 250 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bojxona organlari tomonidan aniqlangan holatlarning 10 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 80 ta holatda ma’muriy ishlar yuritilgan.
Noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan barcha pirotexnika vositalari vaqtincha saqlash uchun xududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga topshirilgan.
Tangriyevning so‘zlariga ko‘ra, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga doir holatlarga duch kelganda Bojxona qo‘mitasining kechayu kunduz faoliyat yuritayotgan 1108 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali xabar berish mumkin. Bunda murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
17:41 / 17.01.2026
Noqonuniy paqildoq va salyut otishning jazosi kuchaytirildi
19:43 / 13.01.2026
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025