13 yanvar kuni Özbekiston prezidenti “Pirotexnika buyumlarining muomalasi töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Unga köra, pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravişda foydalanganlik uçun huquqbuzarlik aşyosini musodara qiliş bilan birga qöllanadigan ma’muriy jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 25 baravarigaça deb belgilandi. Amalda bu jarima BHMning 5 baravaridan 20 baravarigaça edi.

Yangi qonunda pirotexnika buyumlari xavflilikning 4 ta sinfiga bölingan.

Xavflilikning I sinfiga kiruvçi pirotexnika buyumlarini (bengal çiroqlari, qarsildoq, tortlar uçun kiçik fontanlar) jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan işlab çiqariş, tayyorlaş, Özbekiston hududiga olib kiriş, taşiş, ötkaziş, sotib oliş, saqlaş va ulardan foydalanişga ruxsat beriladi.

Xavflilikning II–V sinflariga kiruvçi pirotexnika buyumlari esa taqiqlanadi.

Qonun 2026 yil 14 apreldan kuçga kiradi.