Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Depozitar operatsiyalar to‘xtatilishi va qog‘ozlarni o‘tkazish mexanizmi belgilandi
Adliya vazirligi investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan taqdirda depozitar operatsiyalar bo‘yicha harakatlar tartibini belgilaydigan nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Foto: Getty Images
Adliya vazirligi “Investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar bo‘yicha harakatlar tartibi to‘g‘risida”gi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Nizom 2025 yil 18 dekabrda №3727 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Nizomga ko‘ra, investitsiya vositachisining litsenziyasi to‘xtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni to‘xtatadi va bu haqda 2 ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida hamda fond birjasining veb-saytida e’lon qiladi.
Shuningdek, investitsiya vositachisining litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, u deponentlarning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni shakllantirishi va faoliyati tugatilgani haqida xabarnomani deponentga yuborishi belgilangan.
Nizomda qayd etilishicha, deponent xabarnomani olganidan so‘ng 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga o‘z qimmatli qog‘ozlarini boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berishi lozim.
Agar deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmasa, investitsiya vositachisi qimmatli qog‘ozlarni «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJga o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar 1 kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga o‘tkazib berish orqali deponentlarga qaytariladi.
Mavzuga oid
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:37 / 09.04.2026
2,4 mlrd dollarlik aktivlarga ega Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO o‘tkazishini e’lon qildi
18:34 / 09.04.2026