O‘zbekiston | 20:28
1337
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda «Ermitaj» muzeyini tomosha qildi

MDH davlatlari yetakchilar noyob san’at asarlari va madaniyat yodgorliklari to‘plangan eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

Sankt-Peterburgdagi norasmiy uchrashuvning madaniy dasturi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda «Ermitaj» davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Yetakchilar noyob san’at asarlari va madaniyat yodgorliklari to‘plangan ushbu dunyodagi eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida Rossiya va Yevropa tarixi hamda badiiy merosining asosiy bosqichlarini aks ettirgan Bosh muzey majmuasi zallari bilan tanishildi.

Delegatsiyalar rahbarlari Aleksandr zalida bo‘lib, badiiy kumush ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdi, shuningdek, tantanali marosimlar va rasmiy tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Piketlar zali va Gerblar zaliga tashrif buyurdi.

Ta’kidlanishicha, qimmatbaho metallardan tayyorlangan betakror buyumlar saqlanuvchi Oltin xazina, afsonaviy «Tovus» mexanik soati joylashgan Kichik Ermitajning Pavilonlar zali mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif davomida madaniy muloqotni mustahkamlash, tarixiy merosni asrab-avaylash va Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid