Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi
Foto: SSV
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan yangi yilda barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) ketma-ket 5 kun dam oladi.
SSV matbuot xizmati ushbu sanalarda mamlakat tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi, qaysi shifo maskanlarida qanday profilaktik-tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi haqida ma’lumot berdi.
«Qayd etish kerak, aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.
Shuningdek, 31 dekabr – 4 yanvar kunlari mamlakatimizdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 20 ming nafar tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Qo‘shimcha o‘rinlar va dori-dormonlar zaxirasi yaratilgan.
Shuningdek, bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
«Ta’kidlash joizki, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda "103" xizmatining o‘rni beqiyos. Yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida mazkur soha egalari ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakatimiz bo‘ylab 14 ta hududiy filial, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanch punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan bo‘ladigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda», – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, bayram kunlari mamlakatdagi 231 ta tug‘uruq, 233 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining (1003) qisqa raqamli «Ishonch telefoni» orqali esa tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olish mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yil bayrami va dam olish kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Shuningdek, vazirlik aholidan bayramni xush kayfiyatda qarshi olib, o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishni so‘ragan.
Mavzuga oid
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
09:57 / 15.12.2025
SSV “Elektron retsept” tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish berdi
20:57 / 12.12.2025
Retsepsiz sotiladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi
17:39 / 12.12.2025