Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
Moskva meri Sergey Sobyanin so‘zlariga ko‘ra, biometriya ma’lumotlari to‘plash tizimi orqali 45 mingga yaqin «nomaqbul odam» ajratib olingan.
2024 yil 1 dekabrdan boshlab Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan 45 mingga yaqin yoki 10 foiz migrantning Rossiyaga kirishi taqiqlandi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.
«Moskva aviatsiya uzelida o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab biometriya tizimi yaratildi, hukumat qarori federal qonunga muvofiq bizga buni amalga oshirishga ruxsat berdi. 1 dekabrdan joriy yilning dekabrigacha, deyarli bir yil davomida Moskvaning barcha aeroportlarida migrantlar o‘z biometriyasini - fotosurati va barmoq izlarini topshirmoqda», dedi Sobyanin Moskva shahar Dumasida yillik hisobot bilan chiqish qilar ekan.
«Va bu tizim bizning hududimizda nomaqbul bo‘lgan, nomaqbul fuqarolarning «nazorat ro‘yxati»da bo‘lganlardan himoya qiladi. Bir yil ichida bu tizim orqali 45 mingga yaqin odam ajratib olindi. Bu bizga kirib kelayotgan migrantlarning taxminan 10 foizi», dedi mer.
Uning aniqlik kiritishicha, qariyb bir yil ichida migrantlarning 4,5 millionga yaqin noyob biometrik ma’lumotlari yaratilgan.
«Bundan tashqari, bu tizim jinoyat sodir etganlarni aniqlaydi va ular shunchaki mamlakatdan chiqib ketmayapti, huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlarini o‘tkazish uchun ushlab turiladi», dedi u.
Bundan tashqari, Sobyaninning qo‘shimcha qilishicha, «migratsiya markazida Moskvada ro‘yxatga olingan migrantning DNK namunalari olinadi va buning yordamida hatto o‘n yil oldin sodir etilgan o‘nlab jinoyatlar ham fosh etiladi.
«Va bu, albatta, huquqni muhofaza qilish organlariga o‘ta og‘ir, ayniqsa zo‘ravonlik jinoyatlarini fosh etish uchun mutlaqo boshqacha imkoniyatlar beradi», dedi mer.
Avvalroq, 2025 yil 1 dekabrdan Rossiya davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida biometrik shaxsiy ma’lumotlar to‘planishi sinov tariqasida boshlangani haqida xabar berilgan edi. Sinov 2026 yil 30 iyunga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026