Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha idoralarda komplayens uchun mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida 2026 yildan barcha idoralarda komplayens va ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi tashkil etiladi. Ushbu rahbarlar budjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi va mansab suiiste’molining oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatib, prezident oldida hisobot beradi.
Davlat rahbari korrupsiyani davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarga xiyonat hisoblanadi va 2026 yilda bu illatga qarshi kurash bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Shuningdek, Hisob palatasining vakili faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, mazkur rahbarlar tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, budjet mablag‘lari talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi hamda prezident oldida hisobot beradi.
Prezident “lavozimim, unvonim bor — menga hech kim tegmaydi” deganlar adashishini, qonun oldida hamma teng ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar — bir so‘z bilan aytganda, hech bir idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.
Shuningdek, komplayens xizmati faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanishi va javobgarlik shunga mos ravishda bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
Mavzuga oid
13:11 / 01.08.2025
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi
09:20 / 31.05.2025
Ichki ishlarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” o‘tkaziladi
07:56 / 04.03.2021
Davlat organlarida monopoliyaga qarshi kurashish tizimi joriy etiladi
20:59 / 25.12.2020